Foto: Reuters
AQShda oʻlim jazosiga hukm qilingan Shennon Agofski va Len Devis mamlakat prezidenti Jo Baydenning afvini rad etishdi.
NBC telekanalining xabar berishicha, mahkumlar hukmning yengillashtirilishi “ularni noqulay ahvolga solib qoʻyishiga” ishonishadi, chunki ular oʻzlariga qoʻyilgan ayblov ustidan shikoyat qilishga urinib, aybsiz ekanliklarini ta'kidlamoqda.
AQSh sudlari oʻlim jazosiga hukm qilingankar ishi boʻyicha apellyatsiyalarni kuchaytirilgan tekshiruv doirasida koʻrib chiqishlari shart. Bu esa ishlarning xatolar boʻyicha yanada sinchkovlik bilan oʻrganilishini kafolatlaydi. Agofski va Devis bu jarayondan voz kechishni istamasliklarini aytishdi.
“Sudlanuvchi faol sud muhokamasida ishtirok etayotgan paytda hukmni yumshatish — uni kuchaytirilgan tekshiruv koʻrinishidagi himoyadan mahrum etish demakdir. Bu sudlanuvchini uning apellyatsiyasi bekor qilinishiga olib keladigan asosiy adolatsizlik holatiga tushirib qoʻyadi”, deydi Shennon Agofski.
Har ikkala mahbus ham hukmni yengillashtirishni taqiqlash toʻgʻrisidagi arizalarida ikkinchi advokat tayinlanishini talab qilmoqda. AQSh Oliy sudining 1927 yildagi qaroriga koʻra, prezident mahkumlarning roziligisiz afv e'lon qilishi mumkin.
Jo Bayden 23 dekabr kuni oʻlim jazosiga hukm qilingan 40 kishidan 37 nafarining jazosini yengillashtirgan edi. U saylangan prezident Donald Tramp ma'muriyatining “qatl jazolarini qayta tiklashiga” yoʻl qoʻya olmasligini tushuntirdi.
12 dekabr kuni Bayden 1,5 ming kishining jazosini yengillashtirib, zoʻravonliksiz jinoyatlar uchun ayblanganlardan 39 nafar mahkumni afv etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sanepidqoʻmita metapnevmovirus infektsiyasi toʻgʻrisida ma'lumot berdi
Lukashenko EOIIga a'zo davlatlar rahbarlariga murojaat qildi
Ilhom Aliyev: “Ayb — Rossiya vakillarida. Biz aybdorlarni jazolashni talab qilamiz”
"Nasaf" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi
Oʻzbekiston ayrim hududlarida 7 yanvar kuni yomgʻir, qor yogʻishi kutilmoqda
Abduqodir Husanovning yoʻqligi "Lans"ga magʻlubiyat olib keldi
Tungi barni reklama qilish uchun qizlarni ketiga urgan yigitga qanday chora koʻrildi?
Entoni Blinken: Ukraina farovon kelajak uchun salohiyatga ega