22:54 / 07.01.2025
180

Eronda bir yil ichida qancha odam qatl etilgan?

Eronda bir yil ichida qancha odam qatl etilgan?
Foto: Bild
2024 yilda Eronda 997 nafar mahbus qatl etilgan. Bu koʻrsatkich Eron muxolifati ma'lumotlari asosida tayyorlangan, deb xabar bermoqda Bild nashri.

Huquq himoyachilarining fikricha, oʻlim jazosiga hukm qilinganlarning haqiqiy soni ancha koʻp, chunki barcha qatllar roʻyxatga olinmagan.

Ma'lumotlarga koʻra, oʻtgan yili Eronda qatl etilganlar soni 2023 yilga nisbatan 16 foizga oshgan. Qatl etilgan 997 kishidan 34 nafarini ayollar, 9 nafarini esa voyaga etmaganlar tashkil qilgan.

Toʻrt kishi omma oldida qatl qilindi, qolganlari esa qamoqda, deyiladi Bild nashridagi materialda.

3 yanvar kuni Saudiya Arabistonida giyohvand moddalarni mamlakatga olib kirishga uringanlikda ayblangan olti nafar Eron fuqarosi qatl qilingani xabar berilgandi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchisi Abdulloh bin Saud al-Aneziyni chaqirib, unga sodir etilgan qatllar tufayli “keskin iboralar” bilan norozilik notasini topshirgan. TIV bir necha yillardan buyon mahkumlarga konsullik yordami koʻrsatish va ularning jazosini kamaytirish boʻyicha sa'y-harakatlar olib borilganini bildirdi.

Vazirlikning ta'kidlashicha, elchi bilan uchrashuv chogʻida unga bunday harakatlar ikki davlat oʻrtasidagi huquqiy hamkorlikning umumiy amaliyotiga zid ekani eslatib oʻtilgan.

Bundan tashqari, Eron Tashqi ishlar vazirligining yuridik va konsullik departamenti vakillari masalani yanada tartibga solish uchun Ar-Riyodga borishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo