Yaponiyadagi kichik xonadonlar, ayniqsa, Tokioda joylashgan “mikro kvartiralar” oʻzining maydoni va funksional dizayni bilan mashhur. 5-10 kvadrat metrga teng kvartiralar odatda yoshlar, talabalar yoki yolgʻiz yashaydiganlar uchun moʻljallangan. Yaponiya va Xitoyda joylashgan kichik yashash joylari, kapsula uylar va kvartiralar megapolis shaharlardagi joyning cheklanganligi tufayli aholi orasida keng tarqalgan, deb yozadi Daryo nashri.
Gonkongdagi turar joy majmuasi
Foto: Mydecor.ru
Keling, Shanxaydagi bu kichkina kvartirani batafsil koʻrib chiqishdan avval mini uylar yuzaga kelish tarixini koʻrib chiqaylik.
Mikro uylar katta shaharlarda aholining haddan tashqari ortish muammosi tufayli ishlab chiqilgan va bu masala hozir ham dolzarb hisoblanadi. Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan bunday uylar ijara narxini tejashga ham yordam beradi.
Tokiodagi mikrokvartira
Foto: Mydecor.ru
Tokiodagi mikrokvartira
Foto: Mydecor.ru
Agar siz Tokioga sayohat qilgan boʻlsangiz yoki yapon filmlarini tomosha qilgan boʻlsangiz, u erda kvartiralar qanchalik kichkina boʻlishining guvohi boʻlganingiz aniq. Demografik oʻsish muammoni qisman hal qilish uchun 1960 yillarda Yaponiyada kapsula uylari ishlab chiqilgan. Uning yoʻlga qoʻyilishi metabolizm harakatining asoschilaridan biri, yapon me'mori Kisho Kurokava bosh boʻlgan.
Arxitekturadagi metabolizm — 1960-70 yillarda Yaponiyada paydo boʻlgan noyob va oʻziga xos me'morchilik uslubidir — tahr.
“Nakagin” kapsula binosidagi xonalardan biri
Foto: Mydecor.ru
Yaponiyadagi ilk kapsula uylardan biri
Foto: Mydecor.ru
Bunday harakatning eng mashhur gʻoyalarida biri Tokiodagi Nakagin kapsula minorasi boʻlib, 1972 yilda qurilgan va hozirda demontaj qilingan. U 4,5 kvadrat metr maydonga ega 144 ta turar-joydan iborat edi. Bunday kvartiralarda hayot uchun zarur boʻlgan barcha narsa: toʻshak va hammomdan tortib mini-oshxona va ish joyigacha bor.
Foto: Mydecor.ru
Yaponiyaliklardan ilhomlanib Xitoyda ham kapsula uylari tez orada qurila boshlandi. Evropada esa bunday gʻoya amalga oshirilmadi, lekin Gʻarb dunyosida kapsula mehmonxonalar qurila boshladi.
Foto: Dzen
Foto: Dzen
Quyida Shanxaydagi atigi 9 kvadrat metr maydonga ega xonadonga virtual sayohat qilamiz:
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yamandagi yoqilgʻi quyish shoxobchasida portlash sodir boʻldi (video)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarni nega oʻchirib boʻlmayapti?
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)