Foto: eurointegration.com.ua
Moldova prezidenti Mayya Sanduga 2024 yilda berilgan eng qimmatbaho sovgʻa Qorabogʻlik ustalar tomonidan qoʻlda toʻqilgan gilam boʻldi. Bu haqda IPN agentligi xabar berdi.
Gilamning narxi 17 490 Moldova leyi yoki taxminan 932 dollar edi. Sovgʻa prezidentga Ozarbayjonning Moldovadagi elchisi Ulvi Vagif oʻgʻli Baxshaliyev tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish marosimida berilgan.
Foto: AP Photo
Qimmatbaho sovgʻalar qatorida Janubiy Bessarabiya episkopi Veniamin tomonidan berilgan 9250 ley (taxminan 493 dollar) qiymatidagi ikona ham bor. Bundan tashqari, Sanduga ochilgan gulbarglardan iborat atirgul shaklida xira shishadan yasalgan suvenir ham sovgʻa qilindi. Bu buyum Fransiyaning Daum san'at buyumlari ishlab chiqarish fabrikasida qoʻlda tayyorlangan. Uni Sanduga Fransiya tashqi ishlar vaziri Katrin Kolonna taqdim etgan.
Moldova rahbariga qilingan eng qimmatbaho sovgʻalar qatorida Germaniyaning Rombach & Haas ustaxonasida qoʻlda yasalgan, 5590 ley yoki taxminan 298 dollarli mayatnikli va kakushkali devor soati ham bor. Uni Sanduga Baden-Vyurtemberg federal eri bosh vaziri Vinfrid Krechmann topshirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Grenlandiya etakchisi Tramp bilan uchrashishga tayyorligini aytdi
Los-Anjelesdagi yongʻin kelib chiqishining texnogen sababi oʻrganiladi
Trampning "xarxasha"lari borasida AQShdagi oʻzbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?
Trampning oʻgʻli Grenlandiyada AQShni qoʻllab-quvvatlashlari uchun uysizlarga pul berdi
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi