Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukrainalik harbiylar Kursk viloyatida shimoliy koreyalik ikki askarni asirga olgandi. Prezident Vladimir Zelenskiy ular soʻroqqa tutilgani aks etgan videoni e'lon qildi.
Soʻroq paytida koreyslardan qayerda ekani va Ukrainaga qarshi jangda qatnashganlaridan xabardor boʻlgan yoki yoʻqligi soʻralgan. KXDR askarlari qayerdaligini bilmasligi, ularga bu faqat oʻquv mashgʻuloti deb aytilganini ta'kidlagan.
KXDR jangchilaridan Shimoliy Koreyaga qaytishni xohlaysizmi, deb soʻralganda, xavfsizlik xizmati kutilmagan javob olgan. Mahbuslardan biri vataniga qaytishni afzal koʻrishi, ikkinchisi esa Ukrainada qolishni xohlashini aytgan.
“Ukrainada yashashni xohlayman”, deya javob bergan u. Zelenskiyning soʻzlariga koʻra, Ukraina ularni Rossiyadagi ukrain asirlariga ayirboshlash doirasida vataniga qaytarishga tayyor.
Agar Kim Chen In oʻz fuqarolarini umuman eslasa va Rossiyada ushlab turilgan jangchilarimizga ayirboshlashni tashkil eta olsa, ularni topshirishimiz mumkin. Shimoliy Koreyadan asirga olingan birinchi askarlardan tashqari, shubhasizki, boshqalari ham boʻladi. Bu faqat vaqt masalasi, qachon bizning yigitlarimiz yana qoʻlga olishga muvaffaq boʻlishadi.
Dunyoda hech kimda shubha qolmasligi kerakki, Rossiya armiyasi KXDRning harbiy yordamiga tayanmoqda. Putin uch yil oldin NATOga ultimatumlar berish va tarixni qayta yozishga urinish bilan boshlagandi, endi esa u Pxenyanninng bunday harbiy yordamisiz tura olmayapti, dedi prezident.
UXXning aniqlik kiritishicha, 2005 yilda tugʻilgan harbiy asirlardan biri 2021 yildan beri KXDR armiyasida oʻqchi sifatida xizmat qilgan. 1999 yilda tugʻilgan ikkinchi askar esa 2016 yildan beri mamlakat armiyasida mergan-razvedkachi boʻlgan.
Ukraina hukumati 2024 yilning oktyabr oyida jangovar harakatlar hududida shimoliy koreyalik harbiylar borligini qayd etgandi. Bu ma'lumotni Janubiy Koreya razvedkasi va AQSh Mudofaa vazirligi ham tasdiqlagan. Ukraina va uning gʻarblik ittifoqchilari ma'lumotlariga koʻra, KXDR Rossiyaga kamida 10 ming askar yuborgan.
New York Times’ga koʻra, shimoliy koreyalik harbiylar va Ukraina kuchlari oʻrtasidagi dastlabki toʻqnashuvlar 2024 yil noyabr oyida Kursk viloyatida yuz bergan. Janubiy Koreya Qoʻshma shtablar qoʻmitasi 23 dekabr kuni KXDRning mojarodagi yoʻqotishlari 1100 kishini tashkil etganini ma'lum qilgan. Zelenskiy 9 yanvar kuni Ramshtaynda boʻlib oʻtgan Ukraina boʻyicha yigʻilishda soʻzga chiqib, Shimoliy Koreya Kursk viloyati hududida 4 ming askarini yoʻqotganini aytgan.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sun'iy idrok koʻkrak bezi saratonini an'anaviy skriningdan yaxshiroq aniqladi
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Slovakiya bosh vaziri Ukraina prezidentini “tilanchi” deb atadi
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak? Trampning boʻlajak maslahatchisi shartlarni aytdi
Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirishdi (video)
Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi Shveytsariyada oʻtishi mumkin
Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi
AQShga uchayotgan Habib Nurmagomedov samolyotdan tushirib yuborildi (video)