Frontier Airlines sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedovning reysdan tushirilishi boʻyicha rasmiy bayonot berdi.
“2025 yil 11 yanvar kuni Las-Vegasdan San-Frantsiskoga yoʻl olgan 4401-reysi parvozni boshlashga tayyorlanayotgan edi. Oʻsha vaqtda ekipaj a'zosi chiqish eshiklari yonida oʻtirgan yoʻlovchilarga xavfsizlik boʻyicha instruktsiyalarni oʻqishni boshladi. Chiqish eshigi yonida oʻtirgan Habib Nurmagomedovga favqulodda vaziyatda yordam bera olishga tayyorligi haqida bir necha savol berildi. Bort kuzatuvchining soʻzlariga koʻra, Nurmagomedov bu savollar bir necha marta murojaat qilinishiga qaramay, javob bermagan. Shundan soʻng unga boshqa qulayroq joyga oʻtkazilishi yoki samolyotni tark etishi lozimligi aytilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ushbu muloqot aks etmagan, balki joyni almashtirish boʻyicha soʻrovni takrorlaganidan keyingi vaziyat koʻrsatilgan. Yoʻlovchining dastlabki harakatsizligi va joyni oʻzgartirishni rad etishi sababli uni samolyotni tark etishga chaqirish aviakompaniya qoidalariga muvofiq amalga oshirilgan. Ushbu qaror uning etnik kelib chiqishi bilan hech qanday aloqador emas. Biz Nurmagomedov va uning hamrohlari uchun chiptalar toʻlovini toʻliq qaytardik”, deyiladi Home of Fight ijtimoiy tarmoq sahifasida chop etilgan bayonotda.
Avvalroq Habib Nurmagomedov bort kuzatuvchisi unga qoʻpol muomala qilgani, xotirjamlikni saqlashga harakat qilib samolyotni tark etgani xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Amerika bema'nilik, ochkoʻzlik va ikkiyuzlamachilik olovida yonmoqda
Turkiyada besh nafar oʻzbekistonlik vafot etdi
Tramp Netanyaxudan Gʻazo boʻyicha kelishuvni inauguratsiyagacha tuzishni talab qilmoqda
Lavrovning asosiy fikrlari: Ukraina boʻyicha tashabbus, NATO va'dasi, Putin va Tramp uchrashuvi
Mark Ryutte: “Evropa mudofaa xarajatlarini oshirmasa, rus tilini oʻrganishga majbur boʻladi”