18:40 / 14.01.2025
409

Rossiyaning yarmidan koʻp hududlari migrantlar mehnatini cheklab qoʻydi

Rossiyaning yarmidan koʻp hududlari migrantlar mehnatini cheklab qoʻydi
Foto: TASS
2024 yilda Rossiyaning 47 ta hududida migrantlarni ishga joylashtirishga taqiq va cheklovlar joriy etildi, deb xabar berdi «Vyorstka»ga tayanib Kun.uz nashri.

Eng koʻp cheklov Krasnodar oʻlkasida joriy etilgan — chet elliklarga 99 ta sohada ishlash taqiqlangan. Ikkinchi oʻrinda Tver oblasti (82), eng kam cheklovlar Voronej oblastida - 10 ta.

Chet elliklar uchun eng koʻp taqiq taksi va jamoat transporti sohalarida - 47 ta hududda joriy etilgan. Savdo sohasida 39 ta hududda, uy-joy kommunal xoʻjaligida 14 tada va kuriyerlik sohasida 12 ta hududda cheklov amal qiladi.

19 ta hududda tibbiyot sohasida: shifoxonalar, dorixonalar va dori-darmonlar ishlab chiqarishda taqiqlar joriy etildi. Ta'lim sohasida – 27 ta, harbiy-sanoat kompleksi zavodlarida faqat 7 ta hududda taqiq joriy qilingan. Qurilishda - faqat ikkita mintaqada: Krasnodar oʻlkasi va Yamalo-Nenes avtonom okrugida.

Muayyan hududlarda ishga joylashish boʻyicha cheklovlarda mintaqalar ba'zi istisnolarni kiritgan - asosan malakasiz ishchilar va farroshlar uchun. Ba'zan bu istisnolar juda keng boʻlib, cheklovlar ma'nosiz boʻlib qoladi.

40 ga yaqin mintaqalar bandlik boʻyicha cheklovlarni joriy qilinmadi, jumladan, yirik iqtisodiyotga ega Moskva, Sankt-Peterburg, Tatariston, Boshqirdiston, Sverdlovsk oblasti.

2024 yil mart oyida Moskvaning «Krokus Siti Xoll» kontsert zalidagi teraktdan keyin Rossiya rasmiylari migrantlarga qarshi keng koʻlamli kampaniya boshladi. Davlat Dumasi deputatlari yangi qonunlar bilan, mintaqa rahbarlari yangi taqiqlar bilan migrantlarning mehnatini cheklay boshladi. Oqibatda, 2024 yilda Rossiyadan chiqib ketayotgan migrantlar oqimi koʻpaygani qayd etildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo