Foto: Alexandre Meneghini/REUTERS
Kuba hukumati 553 mahbusni qamoqdan ozod etishini e'lon qildi. Bir necha soat oldin AQSh prezidenti Jo Bayden Kongressni Kuba terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar roʻyxatidan chiqarilayotgani haqida xabardor qildi, deb xabar berdi Oq uy sayti 14 yanvar, seshanba kuni.
Bayden imzolagan bayonotda, jumladan, Kuba hukumati soʻnggi olti oy davomida «xalqaro terrorizmga hech qanday yordam bermagani» va Vashingtonga «kelajakda xalqaro terrorizmni qoʻllab-quvvatlamasligi» haqida kafolat bergani qayd etilgan.
Kuba 1962 yildan beri AQSh sanktsiyalari ostida
Kuba kommunistik hukumati Baydenning qarorini «toʻgʻri yoʻnalishdagi qadam» sifatida olqishladi, biroq mamlakat hali ham 1962 yildan beri amal qilib kelayotgan AQSh sanktsiyalari ostida qolayotganidan afsusda ekanini bildirdi, deb xabar beradi AFP. Agentlik ta'kidlaganidek, Kuba oziq-ovqat, dori-darmon, elektr va yonilgʻi taqchilligi bilan ifodalangan soʻnggi oʻn yilliklardagi eng yomon iqtisodiy inqirozda Qoʻshma Shtatlarni ayblaydi.
Mamlakat prezidenti Migel Dias-Kanel AQSh sanktsiyalarini «genotsid» deb atadi va uning ma'muriyati 2021 yilda Kubani terrorizm homiysi davlatlari roʻyxatiga kiritgan AQSh saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasidan soʻng uning mamlakati «qiyinroq vaziyatlarga» tayyorligini aytdi.
Kubada 2021 yilgi namoyishlar ishtirokchilari ozod qilinishi mumkin
2021 yil iyul oyida minglab kubaliklar elektr ta'minotidagi uzilishlar va oziq-ovqat narxlarining koʻtarilishiga qarshi norozilik namoyishi oʻtkazishdi, bu esa «hukumat uchun soʻnggi yillardagi eng katta chaqiriq boʻldi» deb ta'kidlaydi AP.
Justicia 11J inson huquqlari tashkilotiga koʻra, oʻsha norozilik namoyishlaridan soʻng 1500 dan ortiq kishi hibsga olingan, ulardan 600 nafari 2024 yil dekabrigacha qamoqda boʻlgan.
AP ta'kidlaganidek, Vatikan ham Kuba hukumatining 553 mahbusni ozod qilish qaroriga hissa qoʻshgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: qurbonlar soni 25 kishiga etdi
Moskva markazida FSB aksilrazvedka xodimi otib ketildi
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr
Jahonning eng boy uch kishisi Donald Trampning inauguratsiyasida mehmon boʻladi
AQSh va Armaniston strategik hamkorlik toʻgʻrisida kelishib oldi
Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan oʻzbekistonliklar 6 nafarga etdi