Foto: Wikimedia
Buyuk Britaniya Ukrainada harbiy bazalar va mudofaa infratuzilmasini joylashtirish masalasini oʻrganadi. Bu ikki davlat oʻrtasidagi 100 yillik sheriklik toʻgʻrisidagi deklaratsiya yozilgan boʻlib, uning matni Britaniya hukumati tomonidan e'lon qilindi.
“Kelishuv ishtirokchilari Ukrainada mudofaa infratuzilmasini, jumladan harbiy bazalar, moddiy-texnik ta'minot omborlari, harbiy texnika va qurol-yarogʻ zaxira omborlarini joylashtirish hamda qoʻllab-quvvatlash variantlarini koʻrib chiqadilar. Jiddiy harbiy tahdid yuzaga kelgan taqdirda, bu inshootlar oʻz mudofaa qobiliyatini kuchaytirish uchun foydalanilishi mumkin”, deyiladi hujjatda.
Britaniya 2030-2031 yillargacha Kiyevga har yili kamida 3 milliard dollar va “Ukrainani qoʻllab-quvvatlash uchun zarur boʻlgan barcha” harbiy yordamni koʻrsatishi lozim. Uzoq masofaga zarba beruvchi vositalar, havo hujumi va raketalarga qarshi mudofaa tizimlari, murakkab qurol-aslahalar zaxiralari boʻyicha hamkorlikni chuqurlashtirish rejalashtirilgan.
100 yillik sheriklik shartnomasi
Ukraina va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi hamkorlik shartnomasi 16 yanvar kuni Britaniya bosh vaziri Kir Starmerning Kiyevga tashrifi paytida imzolandi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hujjatning yopiq qismi mavjudligini ma'lum qildi.
“Bitimda iqtisodiy, texnologik va ta'lim sohasidagi hamkorlik, jumladan maktablarimiz va universitetlarimizni Britaniya bilan birgalikda rivojlantirish koʻzda tutilgan. Shuningdek, bitimning yopiq, maxfiy qismi ham bor”, degan edi Zelenskiy.
Prezidenti bu barqarorlik va rivojlanish imkoniyatlarini oshiradigan narsalar ekaniga toʻxtalgan. Kiyevga tashrifi davomida Starmer Ukrainaga yangi artilleriya va Grateful nomli mobil havo mudofaa tizimi berilishini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar