16:38 / 20.01.2025
384

Rossiya 2026 yilgacha Ukrainaning toʻrtta viloyatini bosib olmoqchi

Rossiya 2026 yilgacha Ukrainaning toʻrtta viloyatini bosib olmoqchi
Foto: Reuters
Rossiya 2026 yilgacha Ukrainaning toʻrtta viloyatini bosib olishni va keyin Evropa sari qadam tashlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Welt xabar berdi.

Xabarga koʻra, Donesk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlarini toʻliq bosib olish maqsad qilingan.

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Moskvani hozir toʻxtashga majbur qilsa ham, Rossiya yaqin yillarda Evropa uchun katta xavf tugʻdirishi mumkin, deyiladi xabarda.

Germaniya Mudofaa vazirligi huzuridagi Ukraina vaziyat markazi rahbari general mayor Kristian Froydga koʻra, Rossiya Ukrainadagi qoʻshinlariga ehtiyojiga nisbatan ortiqcha qurollanmoqda. Rossiya armiyasida tanklar, oʻq-dorilar, raketalar va dronlar soni koʻpaymoqda.

Bu Kremlning NATO bilan urushga tayyorgarlik koʻrish niyatidan dalolat beradi, garchi hozirda Rossiya Gʻarb bilan toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqnashuvni rejalashtirmayotgan boʻlsa-da, deydi Frod.

Nemis harbiylari ma'lumotlariga koʻra, Rossiya armiyasi Ukrainadagi inson va moddiy yoʻqotishlarni sezilarli darajada qoplamoqda. Moskva har oyda 30 mingga yaqin askar yollayotgani va yangi yollanganlarni yuqori moddiy ragʻbatlantirish orqali oʻziga jalb qilayotgani aytilmoqda.

Berlin Rossiya armiyasining soni — 1,5 million harbiy xizmatchidan xavotirda. Taqqoslash uchun Bundesverda 180 ming harbiy xizmatchi bor.

Bundan tashqari, Rossiya aviabombalar, jumladan boshqariladigan raketalar, artilleriya snaradlari, shuningdek, turli xil kamikadze dronlarini keng miqyosda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. Jumladan, yiliga minglab “Shahed” dronlarini ishlab chiqarmoqda.

Rossiya sezilarli miqdordagi qoʻshinlarga va keng koʻlamli qudratli texnikaga ega, deydi Evropa parlamenti Xavfsizlik va mudofaa masalalari qoʻmitasi raisi Mari Agnes Shtrak-Simmermann.
Uning soʻzlariga koʻra, Ukrainadagi urush Rossiyaning zaif tomonlarini, xususan, moddiy-texnik ta'minot, eskirgan qurol-aslahalar va askarlarning past ruhiy holatini ham oshkor qildi.

Harbiy tahlilchi Niko Lange potentsial xavfni baholashda faqat askarlar yoki tanklar soniga e'tibor bermaslikka chaqirdi.

Rossiya qoʻpol harbiy kuch ishlatishga intiladi va katta yoʻqotishlarga tayyordir. Bu Rossiyani nihoyatda xavfli qiladi, deydi Lange.

U Rossiyaning Polsha va Boltiqboʻyi mamlakatlariga qarshi toʻgʻridan-toʻgʻri hamda gibrid hujumlari ehtimoli haqida ogohlantiradi. Shtrak-Simmerman bunday stsenariylarning ehtimolligi koʻp jihatdan Ukrainadagi urush natijalariga bogʻliqligini aytdi.

“Putin aytish mumkinki, qon ta'mini totib koʻrdi. Agar siz tinchlikni saqlamoqchi boʻlsangiz, oʻzingizni himoya qila olishingiz kerak. Agar biz buni tushunib etmasak va Putin Ukrainada muvaffaqiyatga erishsa, toʻrt-besh yildan soʻng NATO a'zosiga hujum qilish ehtimoli haqiqatga juda yaqin boʻladi”, dedi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya 2026 yilgacha Ukrainaning toʻrtta viloyatini bosib olmoqchi