Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat Ukraina mojarosi boʻyicha muzokaralarga tayyor ekanini aytdi. Prezident Ukraina rasmiylarining oʻzlari Rossiya bilan muzokara olib borishni taqiqlaganini eslatdi.
Putinning soʻzlariga koʻra, u AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashib, bu masalani muhokama qilishga tayyor.
“Darhaqiqat, bugungi kun voqeligidan kelib chiqqan holda uchrashib, AQSh va Rossiya uchun qiziq boʻlgan barcha sohalar boʻyicha xotirjam suhbatlashganimiz ma'qulroq boʻlardi. Biz tayyormiz", dedi prezident jurnalist Pavel Zarubinga bergan intervyusida.
Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Kreml Oq uydan muloqotga tayyorligi haqida hozircha hech qanday signal olmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar