Foto: cepa.org
Donald Trampning AQSh prezidenti sifatida inauguratsiyasidan soʻng Ukraina mojarosini hal etishga yondashuvi oʻzgardi. Bu haqda The Conversation nashri xabar tarqatdi.
Nashr ma'lumotlariga koʻra, Tramp prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlarida Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar joriy etish tahdidi bilan chiqish qilgan. Bu yondashuv sobiq prezident Jo Baydenning Rossiyaga bosim oʻtkazish uchun qoʻllagan strategiyasiga oʻxshashligini koʻrsatadi.
Maqolada ta'kidlanishicha, AQSh tashqi siyosati, odatda, ichki siyosatdan farqli oʻlaroq, bir prezidentdan ikkinchisiga oʻtish jarayonida koʻp oʻzgarmaydi.
Shu bilan birga, muallifning fikriga koʻra, Tramp mojaroni hal qilishda Baydendan farqli yondashuvni tanlagan. U nafaqat Moskvaga, balki Kiyevga ham bosim oʻtkazish orqali tomonlarni muzokaralarga undashni maqsad qilgan.
Bundan tashqari, Tramp demokratlardan ancha keskinroq qadamlarga tayyor ekanini bildirgan. U sanktsiyalar borasida nafaqat Rossiyaga, balki zarurat tugʻilganda Xitoy va Hindistonga nisbatan ham cheklovlar joriy etishga tayyorligini qayd etgan.
Ilgari The Wall Street Journal nashri Tramp Ukraina boʻyicha maxsus vakili Kit Kellogga mojaroni 100 kun ichida hal etish vazifasini yuklagani haqida xabar qilgan edi. Mutaxassislarning fikriga koʻra, Vladimir Putin bilan kelishuvga erishish Tramp saylovoldi kampaniyasida va'da qilganidan ancha qiyin boʻlishi mumkin.
21 yanvar kuni Tramp Kiyevga qurol etkazib berishni toʻxtatish ehtimolini bildirib, Rossiya prezidenti bilan istalgan vaqtda uchrashishga tayyor ekanini aytgan. Shuningdek, u mojaroni tezroq hal qilish maqsadida Saudiya Arabistoni va OPEKni neft narxini tushirishga chaqirgan.
"Saudiya Arabistoni va OPEKdan neft narxini pasaytirishlarini soʻrayman. Ular buni saylovdan oldin qilmagani ajablanarli. Agar narx tushirilsa, Rossiya va Ukraina urushi zudlik bilan tugashi mumkin. Ayni paytda yuqori narx urushni davom ettirishga turtki boʻlmoqda. Buni zudlik bilan hal qilish kerak," – degan Tramp.
Ayni paytda neft narxi bir barrel uchun taxminan 80 dollarni tashkil etadi. Trampning chiqishi paytida narx bir dollarga tushgan. Uning soʻzlariga koʻra, jamoasi mojaroni hal qilish yoʻlida faol ish olib bormoqda va Kiyev tomoni kelishuvga tayyorligini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar