Foto: AP
Kaliforniya shtati davlat kotibi Shirli Veber Kaliforniyaning AQSh tarkibidan ajralib chiqishi haqidagi petitsiyani ma'qulladi, deb yozdi Newsweek.
Uni 2028 yilgi saylov byulleteniga kiritish uchun 2025 yil 22 iyuliga qadar 546 651 dona imzo toʻplanishi kerak, deb qayd etdi nashr.
«Calexit» deb nomlangan tashabbus mualliflari tomonidan qoʻyilgan savol quyidagicha: «Kaliforniya Qoʻshma Shtatlardan ajralib, erkin va mustaqil davlat boʻlishi kerakmi?»
Calexit saylovchilarning kamida 55% yoki roʻyxatga olinganlarning 500 mingdan ortigʻi tomonidan 50% davomat bilan ma'qullanishi kerak. Agar bu sodir boʻlsa, «Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishonchsizlik votumi» bildirilgan hisoblanadi va «Kaliforniya aholisining mustaqil davlat boʻlish istagini» ifodalaydi.
Newsweek qayd etganidek, ovoz berish natijalari yuridik kuchga ega boʻlmaydi va federal hukumat uchun majburiy emas.
Kaliforniyaning Calexit mustaqillik harakati avval ham boʻlgan va Donald Tramp prezidentlik saylovida gʻalaba qozongach mamlakatdan ajralib chiqish sa'y-harakatlarini kuchaytirayotganini e'lon qildi.
Amerika qonunchiligida shtatning ajralib chiqish mexanizmi koʻzda tutilmagan. 1869 yilda, Amerika fuqarolar urushidan soʻng, Oliy sud shtatning AQSh tarkibiga qabul qilish aktini «qayta koʻrib chiqish yoki bekor qilish imkoniyatisiz» yakuniy deb e'lon qilgan.
Kaliforniya an'anaviy «demokratik» shtatdir. 5 noyabr kuni oʻtkazilgan saylovda kaliforniyaliklar Demokratik partiya nomzodi, sobiq vitse-prezident Kamala Harrisni qoʻllab-quvvatladi. U 58,5 foiz ovoz toʻpladi, Tramp esa 38,3 foiz.
Oxirgi marta faollar 2016 yilda, Tramp Oq uyga birinchi marta kirganida Kaliforniyaning AQSh tarkibidan ajralib chiqishini faol targʻib qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar