Coca-Cola kompaniyasi oʻz mahsulotlarini bir qator Evropa davlatlari: Belgiya, Buyuk Britaniya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Fransiya va Germaniya bozorlaridan ommaviy ravishda qaytarib olishga qaror qildi. Bu haqda BBC ma'lumot berdi.
Muammo va qaytarish sabablari
Qaytarish choralari ichimliklar tarkibida xlorat moddasi yuqori darajada aniqlangani bilan bogʻliq. Kompaniya aniq miqdor haqida ma'lumot bermagan, ammo bu doʻkonlarda va savdo avtomatlarida sotiladigan katta hajmdagi mahsulotlarga taalluqli. Noyabr oyi oxiridan ishlab chiqarilgan bankalar va shishalardagi Coca-Cola, Sprite, Fanta, Fuze Tea, Minute Maid, Nalu, Royal Bliss va Tropico mahsulotlari qaytarilmoqda.
Xabarda ta'kidlanishicha, faqat ishlab chiqarish kodlari 328Gdan 338Ggacha boʻlgan bankalar va shishalar bozordan olib tashlanadi. Kodlar mahsulot yaroqlilik muddati koʻrsatilgan joyda joylashgan.
Qoʻshimcha ma'lumotlar
Kompaniyaning ta'kidlashicha, standartlarga javob bermaydigan mahsulotlarning aksariyati bozorga chiqarilmagan yoki muomaladan olib tashlangan. Qolgan partiyalarni qaytarib olish boʻyicha ish jarayoni yuqoridagi davlatlarning mas'ul idoralari bilan muvofiqlashtirilmoqda.
Ilgarigi tadqiqotlar va munosabat
Avvalgi tadqiqotlarda Fransiyada plastik idishlardagi Coca-Cola ichimliklari tarkibida kamida olti turdagi plastik moddalar aniqlangan edi. Maxsus laboratoriya tadqiqotlariga koʻra, baklajka qopqogʻi qancha koʻp ochilsa, gazli ichimlik tarkibidagi mikroplastiklar soni shuncha koʻpayadi.
Coca-Cola va Schweppes kompaniyalari ushbu tadqiqotga munosabat bildirib, oʻz idishlari oziq-ovqat mahsulotlari uchun belgilangan barcha standartlarga javob berishini ta'kidladi. Shuningdek, ular mikroplastik zarralari qasddan idishlarga qoʻshilmasligini ta'kidlagan.
“Hozircha mikroplastiklarni yutish inson salomatligi uchun salbiy ta'sir koʻrsatishiga ilmiy dalillar mavjud emas”, — deyiladi Coca-Cola kompaniyasi ma'lumotida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar