20:05 / 30.01.2025
116

Niderlandiyada 2,5 ming yillik oltin buyumlarni oʻgʻirlashda gumonlangan shaxslar ushlandi

Niderlandiyada 2,5 ming yillik oltin buyumlarni oʻgʻirlashda gumonlangan shaxslar ushlandi
Niderlandiya politsiyasi Assen shahridagi Drente muzeyida sodir etilgan oʻgʻirlik boʻyicha uch nafar gumonlanuvchini qoʻlga oldi.

Qayd etilishicha, ularning yonidan 25 yanvarga oʻtar kechasi muzeydan olib chiqib ketilgan bebaho eksponatlar topilmagan. Politsiyaning ma'lum qilishicha, hozirda gumonlanuvchilar soʻroq qilinib, tintuv oʻtkazilmoqda.

Oʻgʻrilar 25 yanvar kuni soat 03:45 da kirish eshigini portlatish orqali Drente muzeyi binosiga kirgan. Jinoyatchilar Dakiya qirolligi tarixiga oid koʻrgazma zaliga kirib, u erdan eramizdan avvalgi 450 yillarga tegishli toʻrtta eksponat — Kotsofeneshtning 1 kilogramm sof oltindan yasalgan mashhur dubulgʻasi va uchta tilla bilaguzukni oʻgʻirlab ketgan.

Tergov davomida Niderlandiya politsiyasi jinoyatchilar foydalangan Volkswagen Golf avtomobiliga oid ma'lumotlarni qoʻlga kiritgan — mashina ham oʻgʻirlangan boʻlib, jinoyat amalga oshirilgach, transport vositasi yoqib yuborilgan.

Bundan tashqari, politsiya gumonlanuvchilardan birining suratini tarqatgan. Bir necha kundan keyin uch nafar gumonlanuvchi qoʻlga olingan. Drente muzeyi «umid uygʻotuvchi yangiliklardan» xursand ekanini bildirgan.

Avvalroq Ruminiya tashqi ishlar vaziri Emil Xurezyanu niderlandiyalik hamkasbi Kaspar Veldkamp bilan telefon orqali bogʻlanib, oʻgʻirlangan eksponatlarning madaniy-tarixiy ahamiyati naqadar ulkan ekanini ta'kidlagan va Ruminiya sodir boʻlgan voqeadan tashvishda ekanini ma'lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo