Isroilning Gʻazo sektoridagi urush xarajatlari 42 mlrd dollarga etdi yoki kuniga oʻrtacha 83,8 mln dollardan tushgan. Bu haqda Anadolu Agency xabar berdi.
Urush xarajatlari haqida Isroil armiyasining iqtisodiyot boʻyicha maslahatchisi hamda mudofaa vazirligining byudjet departamenti rahbari Gil Pinxas ma'lumot berdi.
Uning ta'kidlashicha, «Isroil osmonini Eron va uning ittifoqchilarining raketalaridan himoyalash uchun bir oqshomda $279 mln sarflangan».
Isroilning «Ediot Axronot» gazetasi yozishicha, «mudofaa byudjetining eng katta qismini zaxira armiyasini moliyalashtirish tashkil etib, $12,5 mlrdga etgan». “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar