Foto: CNN
Falastinning HAMAS harakati rahbariyati vositachilarga oʻt ochishni toʻxtatishning ikkinchi bosqichi tafsilotlarini muhokama qilishni boshlashga tayyorligini ma'lum qildi.
HAMAS vositachilarga oʻtgan hafta Qohirada Misr tomoni bilan davom etayotgan muloqotlar va uchrashuvlar chogʻida ikkinchi bosqich boʻyicha muzokaralarni boshlashga tayyor ekanimizni ma'lum qildi, dedi AFP’ga rasmiylardan biri.
HAMAS vositachilardan “bosqinchilar kelishuvga amal qilishlari va toʻxtab qolmasliklarini ta'minlashni” soʻradi.
Isroil va HAMAS oʻrtasidagi kelishuv
Isroil va HAMAS oʻrtasidagi oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvi joriy yilning 19 yanvaridan kuchga kirdi. HAMAS asir olingan isroilliklarni ozod qilishga va'da berdi, Isoril armiyasi esa oʻz kuchlarini anklav hududidan olib chiqishni boshladi. 42 kun davom etadigan kelishuvga koʻra, birinchi bosqichda HAMAS taxminan 1900 mahbus evaziga 33 nafar garovga olinganlarni ozod qilishi, ikkinchi bosqichda esa qolganlarning barchasini qoʻyib yuborishi va urushni uzil-kesil toʻxtatish muhokamasini boshlashi kerak edi. Uchinchi bosqich murdalarni almashtirishni oʻz ichiga oladi.
Falastinlik mahbuslarning ozod etilishi
Foto: Reuters
Ayirboshlashning birinchi bosqichi kelishuv imzolangandan soʻng 19 yanvar kuni boʻlib oʻtdi. Uchta isroillik 90 nafar falastinlik mahbus evaziga ozod qilindi. Ikkinchi ayirboshlash 25 yanvarda boʻlib oʻtdi — toʻrt nafar garovdagilar HAMAS tomonidan ozod qilindi, evaziga Isroil 200 nafar falastinlik mahbusni qaytardi. Ayirboshlashning uchinchi bosqichi 30 yanvar kuni boʻlib oʻtdi. Isroil uch nafar fuqarosi evaziga 110 nafar falastinlikni qamoqdan chiqarildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar