Prezident Malayziya Islom san'ati muzeyiga tashrif buyurdi (foto)

1 daqiqa o'qish447
Prezident Malayziya Islom san'ati muzeyiga tashrif buyurdi (foto)
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif doirasida Malayziya Islom san'ati muzeyiga tashrif buyurdi.
Prezident Malayziya Islom san'ati muzeyiga tashrif buyurdi (foto)
Ta'kidlash joizki, ushbu majmua mamlakatning eng yirik muzeylaridan biri hisoblanadi. U 1998 yilda tashkil etilgan.
Prezident Malayziya Islom san'ati muzeyiga tashrif buyurdi (foto)
Muzey an'anaviy islom me'morchiligi uslubida barpo etilgan boʻlib, uning umumiy maydoni 30 ming kvadrat metrdan ziyodni tashkil etadi.
Prezident Malayziya Islom san'ati muzeyiga tashrif buyurdi (foto)
Bino gumbazining ichki qismini bezash va restavratsiya ishlarida oʻzbekistonlik ustalar ishtirok etgan.
Prezident Malayziya Islom san'ati muzeyiga tashrif buyurdi (foto)
Bu yerda 10 mingdan ortiq islom san'ati namunalari saqlanmoqda. Doimiy ekspozitsiyada Qur'on qoʻlyozmalarining noyob toʻplami, sopol va qimmatbaho buyumlar, qurol-yarogʻ namunalari va inshootlar maketlari, taqinchoqlar, tangalar va boshqa ashyolar namoyish etilmoqda.
Prezident Malayziya Islom san'ati muzeyiga tashrif buyurdi (foto)
Muzey fondida zamonaviy Oʻzbekiston hududida turli tarixiy davrlarda yaratilgan 200 ga yaqin noyob eksponatlar alohida oʻrin egallaydi. Ular orasida oʻrta asrlarga oid qoʻlyozmalar, zargarlik buyumlari, mashhur abr matolari va kiyim namunalari, Sharq Renessansiga oid kulolchilik buyumlari mavjud.
Prezident Malayziya Islom san'ati muzeyiga tashrif buyurdi (foto)
Davlatimiz rahbari eksponatlarni koʻzdan kechirish chogʻida birgalikda tadqiqotlar oʻtkazish va koʻrgazmalar tashkil etish, ilmiy va madaniy almashinuvni kengaytirish muhimligini ta'kidladi.
Prezident Malayziya Islom san'ati muzeyiga tashrif buyurdi (foto)
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?