144
Malayziyaliklar Shavkat Mirziyoyevning tashrifi haqida: «... ilgari kuzatilmagan voqea boʻldi»
Shavkat Mirziyoyevning Malayziyaga soʻnggi 20 yil ichidagi ilk rasmiy tashrifi yakuniga etdi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ikki mamlakat rahbarlari oʻrtasidagi samimiy munosabat va norasmiy muloqot juda yorqin taassurot qoldirganini ta'kidladi.
Uning yozishicha, Malayziya rahbariyati Shavkat Mirziyoyev bilan samimiy uchrashuvlar oʻtkazish uchun qat'iy protokol qoidalaridan chekinib, yuksak hurmat va ishonch namoyish etgan.
«Xususan, prezidentimizni kutib olishga Malayziya parlamenti spikeri chiqqani, malayziyalik hamkasblarimizning aytishicha, ushbu mamlakat protokol amaliyotida ilgari kuzatilmagan voqea boʻldi. Bundan tashqari, Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga butun kun davomida, barcha rasmiy tadbir va uchrashuvlarda hamrohlik qildi. Hattoki muloqotni davom ettirish uchun Oʻzbekiston prezidentiga ajratilgan qarorgohga shaxsan tashrif buyurdi. Keyin ular birgalikda, bir mashinada Petronas bosh qarorgohiga yoʻl olishdi, u erda kompaniya rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazishdi», — deb yozadi Asadov.
Shuningdek, Oʻzbekiston prezidenti sharafiga uyushtirilgan rasmiy qabul marosimida Malayziya san'atkorlari oʻzining boy tarixi va madaniyati bilan bir qatorda oʻzbek xalqining kuy-qoʻshiqlari, raqslaridan iborat kontsert dasturini namoyish etgan.
«Bunday norasmiy va samimiy munosabat ikki etakchi oʻrtasidagi yaqin doʻstlikdan, Oʻzbekiston va Malayziya xalqlarining bir biriga boʻlgan yuksak hurmati, ikki tomonlama munosabatlarning porloq istiqbolidan dalolat beradi», — deydi prezident matbuot kotibi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar