15:52 / 06.02.2025
384

Sobiq merning nevarasi tomonidan ayanchli tarzda oʻldirilishi

Sobiq merning nevarasi tomonidan ayanchli tarzda oʻldirilishi
Nabira oʻzining bobosi va buvisini pul uchun shafqatsizlik bilan oʻldirdi: jasadlar bir oy bochkada yotdi, u esa mashinalar va qimmatli buyumlarni sotdi.

2025 yilning 3 yanvar kuni Rossiyaning Samara shahri sobiq meri Viktor Tarxov 77 yoshga toʻldi. Bayramni u rafiqasi bilan Rossiyaga qaytib nishonlashga qaror qildi. Ularning vaqtlari koʻproq xorijda oʻtardi.

Ekaterina bobosidan koʻproq pul olishni istardi.
Tarxovlar Samara shahridagi Vilonovskaya koʻchasida xonadonga ega edilar. Ular aeroportdan toʻgʻri shu erga yoʻl oldilar. Kirish joyida kameralar ularning sumkalar bilan uyga kirganini qayd etdi… va shundan keyin bedarak yoʻqolishdi.

Dastlab, bu hech kimni xavotirga solmadi. Viktor Tarxovning tanishlari undan SMS xabarlar olib turdilar: «Ozgina betob boʻlib qoldik, xotinimning ahvoli unchalik yaxshi emas». Ammo keyin doʻstlaridan biri shubhalanib, politsiyaga murojaat qildi.

Shubhalar asossiz emas edi. 5 fevral kuni (oradan bir oy oʻtib) kechqurun ma'lum boʻldi: Viktor Tarxov va uning xotini shafqatsizlik bilan oʻldirilgan. Jasadlar parchalanib, sassiq hid chiqmasligi uchun plastik bochkalarga solib qoʻyilgan. Jinoyatda gumon qilingan shaxs – marhumlarning 30 yoshli nabirasi Ekaterina Belskaya.

Qotillik nima uchun sodir boʻldi?

Huquq-tartibot organlari hali hech qanday rasmiy tafsilotlarni oshkor qilmayapti. Ekaterina tergovda guvohlik berishdan bosh tortgan. Ammo ommaviy axborot vositalarida ba'zi ma'lumotlar paydo boʻldi.

Qayd etilishicha, Belskaya bobosi va buvisining uyiga mehmonga kelgan. Ular oʻrtasida janjal chiqqan boʻlishi mumkin. Pul masalasida tortishganmi? Hech kim aniq javob berolmaydi, biroq fakt – Katya ularni oʻldirgan. Avvaliga ularni otib tashlagani aytilgan edi, keyin esa kaltaklab oʻldirgani haqida xabar tarqaldi.

Soʻng voqealar haqiqiy jinoiy serialga aylandi. Belskaya internet orqali plastik bochkalar buyurtma qildi va jasadlarni shu bochkalarda saqladi. Ma'lum vaqt oʻtib, ularni qismlarga boʻlib, qora paketlarga solib, turli joylarga tashlab kelgan.

Shu bilan birga, u oʻz moliyaviy muammolarini hal qilishga kirishdi. Ba'zi manbalarga koʻra, bobosining «Toyota RAV4» avtomashinasini soxta ishonchnoma bilan sotgan. Shundan soʻng, uydagi qimmatbaho ikonalarni ham pullagan.

Bularning barchasini politsiya aniqladi va shu asosda Ekaterina qoʻlga olindi. Koʻp oʻtmay, xonadonda jinoyat izlari topildi.

Ekaterina Belskaya kim edi?

U yoshligidan boylik va hashamga oʻch edi. Unga puldan boshqa narsa qiziq emasdi. U oʻqish davrida ichkilikka berilgan, qimmatbaho kiyimlar va ziynatlarga qiziqqandi.

Shuningdek, politsiya uning qarzga botganini ham aniqladi. Insayderlar bu qarzlar qimor va narkotiklar bilan bogʻliq ekanini taxmin qilishmoqda.

Ekaterina yolgʻiz harakat qilganmi?

Hozirda tergov davom etmoqda. Agar uning sherigi boʻlsa, uni topish kerak boʻladi. Hozircha esa Belskaya 2 oyga qamoqqa olingan.

Bu dahshatli hodisa hali koʻp sirlarni ochishi mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo