Foto: Anadolu/picture alliance
Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya Federatsiyasining Kursk oblastsidagi olti oylik operatsiya davomida 909 nafar rossiyalik harbiyni asirga oldi. Bu haqda Ukraina Bosh shtabi 6 fevral kuni Facebook sahifasida xabar qildi. Bayonotda ta'kidlanishicha, ushbu asirlar Rossiya qamoqxonalarida saqlanayotgan yuzlab ukrainalik himoyachilarni Vatanga qaytarish imkonini yaratadi.
Kursk operatsiyasi 2024 yil 6 avgustda boshlangan boʻlib, uning maqsadi Rossiya qoʻshinlarining Sumi va Xarkiv oblastlariga hujum qilishini oldini olish ekani qayd etildi. Operatsiya davomida Rossiya armiyasi 39,9 ming nafar askar yoʻqotgan, shundan 16,1 ming nafari halok boʻlgan.
Shuningdek, Rossiyaning katta miqdordagi harbiy texnikasi yoʻq qilingan:
- 131 ta tank,
- 689 ta zirhli jangovar texnika,
- 386 ta artilleriya tizimi,
- 12 ta YaOʻRT boʻlinmasi,
- 12 ta havo hujumidan mudofaa tizimi,
- 1 samolyot va 3 vertolyot,
- 931 ta dron.
Shimoliy Koreya Rossiyaga qoʻshimcha askarlar yubormoqda
Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In Ukrainadagi urushda qatnashish uchun Rossiyaga qoʻshimcha qoʻshin yuborishga qaror qildi. Bu haqda 24 yanvar kuni Janubiy Koreyaning "Renxap" axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lumotlarga koʻra, avvalroq Shimoliy Koreya Rossiyaga 11 ming askar yuborgan, ammo toʻrt oy ichida ularning uchdan bir qismi yoʻqotilgan. Bir nechta askar esa asirga tushgan. Shunga qaramay, Pxenyan Moskvaga harbiy yordam berish uchun qoʻshimcha kuchlar yuborishni rejalashtirmoqda.
22 yanvar kuni Pentagon manbalari The New York Times (NYT) nashriga Shimoliy Koreya yaqin ikki oy ichida Rossiyaga yangi askarlar yuboradi, deb ma'lum qildi. Biroq, aniq soni haqida ma'lumot berilmagan.
Avvalroq xabarlarga koʻra, Moskva Pxenyanga har bir askar uchun 2 000 dollar toʻlayapti. Bu summa Shimoliy Koreya fuqarosining 83 yillik maoshiga teng ekani ta'kidlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar