01:02 / 10.02.2025
1 507

Moskvada oʻzbekistonlik haydovchi yoʻlga emaklab chiqqan chaqaloqni qutqardi

Moskvada oʻzbekistonlik haydovchi yoʻlga emaklab chiqqan chaqaloqni qutqardi
Moskva viloyatining Stanovoe qishlogʻi yaqinida oʻzbekistonlik haydovchi katta yoʻlga ustki kiyimsiz emaklab chiqqan 11 oylik chaqaloqni qutqarib qoldi. Sovuqdan muzlab, yigʻlayotgan bolani payqagan haydovchi darhol toʻxtab, uni isitishga harakat qilgan va tez yordam hamda politsiyaga xabar bergan.

Qutqaruvchi bolani mashinasiga olib, adyolga oʻragan va isitish uchun pechkani yoqqan. Unga bir ayol yaqinlashib, bolaning buvisi ekanligini aytgan, lekin haydovchi huquq-tartibot xodimlari va shifokorlar kelmaguncha chaqaloqni bermagan. Keyinchalik bu ayol haqiqatdan ham bolaning qarindoshi ekanligi aniqlangan.

Tabiblar chaqaloqqa birinchi darajali sovuq tashxisini qoʻygan va hozirda u ambulator davolanmoqda. Haydovchiga bolaning ota-onasi mukofot taklif qilgan, ammo u bu mablagʻni chaqaloqning ehtiyojlariga sarflash yaxshiroq ekanini aytib, rad etgan.

Hodisa yuzasidan Moskva viloyati prokuraturasi tekshiruv oʻtkazmoqda.

Manba: azon.global

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo