date
views 410

Daniyada Kaliforniyani sotib olish toʻgʻrisidagi petitsiya 200 mingdan ziyod imzo toʻpladi

Daniyada Kaliforniyani sotib olish toʻgʻrisidagi petitsiya 200 mingdan ziyod imzo toʻpladi
Foto: AP
AQShdan Kaliforniya shtatini 1 trillion dollar evaziga sotib olish toʻgʻrisidagi petitsiya 200 mingdan ortiq daniyalikning imzosini toʻpladi. U AQSh prezidenti Donald Trampning Daniyadan Grenlandiyani sotib olish taklifiga javoban ishga tushirilgan edi.

«Siz qachondir xaritaga qarab, oʻylaganmisiz: «Bilasizmi, Daniyaga nima kerak? Koʻproq quyosh, palmalar va rolikli konkilar»… Keling, Kaliforniyani Donald Trampdan sotib olamiz! Ha, yanglish eshitmadingiz. Kaliforniya bizniki boʻlishi mumkin», — deyiladi petitsiya chaqirigʻida.

Petitsiyada Kaliforniyaning bir qator afzalliklari, jumladan, «Yilda 300 quyoshli kun», «texnologik ustunlik», avokado plantatsiyalari va «Disneylend» mavjudligi keltirilgan. Oxirgi nomni esa «Hans Kristian Andersenlend» deb oʻzgartirish taklif qilinmoqda. Murojaat mualliflari buning uchun 1 trillion dollar yigʻishni taklif qilmoqda.

«Viking shlemidagi Mikki Maus? Ha, marhamat», — deb yozadi petitsiya mualliflari. Kampaniya tashabbuskori Ksave Dyutuaning AR’ga aytishicha, bu gʻoya uning xayoliga Filippinda ta'tilda boʻlganida — amerikalik sayyoh Trampning Grenlandiya haqidagi taklifini baland ovozda muhokama qilayotganini eshitganida kelgan.

Donald Tramp Grenlandiyani sotib olish AQSh milliy va iqtisodiy xavfsizligi uchun «mutlaq zarurat» ekanini ta'kidlab kelmoqda. Ushbu fonda Grenlandiya bosh vaziri Mute Egede orol aholisi AQSh va Daniyadan mustaqil boʻlishni xohlayotganini ta'kidladi. Shu bilan birga, u Donald Tramp bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini izlayotganini ma'lum qildi.

Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen AQSh prezidenti Donald Trampning Grenlandiyani egallash rejalari haqidagi bayonotlari orol aholisi manfaatlariga zid ekanini ta'kidlagan. «Tramp Grenlandiyani qoʻlga kirita olmaydi. Grenlandiya — bu Grenlandiya. Grenlandiya aholisi xalqaro huquq va BMT Nizomi bilan himoyalangan xalq», degandi Rasmussen.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Daniyada Kaliforniyani sotib olish toʻgʻrisidagi petitsiya 200 mingdan ziyod imzo toʻpladi