13:13 / 14.02.2025
726

Pentagon rahbari bayonoti: “Ukrainaga yadro quroli berilishi mumkin”

Pentagon rahbari bayonoti: “Ukrainaga yadro quroli berilishi mumkin”
Foto: Flickr
AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset Ukrainaga yadroviy qurol berilishi mumkinligini ma'lum qildi. Bu haqda u Breitbart News bilan suhbatda ma'lum qildi, deb yozmoqda Daryo nashri.

Xegsetning soʻzlariga koʻra, bunday qurolni berish AQSh prezidenti Donald Trampning qaroriga bogʻliq.

Bu mening vazifam emas. Bu prezidentning ishi. U rahbar, muzokara olib borish va kelishuvlar tuzish ustasi, degan Pentagon rahbari.
U vazifasi tinchlik kelishuvi ehtimolini oshirishi uchun ma'lum shartlarni belgilashga koʻmaklashish ekanini qoʻshimcha qildi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tinchlik kelishuvi doirasida Rossiyaning kelajakdagi bosqinidan himoyalanish uchun Ukrainaga NATO a'zoligi yoki yadroviy qurol berilishi lozimligini aytgandi.

"Bizga yadro qurollarini qaytaring va Rossiyani toʻxtata oladigan miqdorda raketalar bering", degan u britaniyalik teleboshlovchi Pirs Morgan bilan intervyuda.

Pentagon rahbari bunga javoban, Ukraina tegishli bayonotni “qizil chiziqlar"dan kelib chiqib emas, balki “real holat”ni hisobga olib berish kerakligini aytgan.

"Biz hozirgi vaziyatni hisobga olsak, NATOga a'zo boʻlish ehtimoli past. Agar muzokaralar yoʻli bilan tinchlikka erishmoqchi boʻlsak, agar siz (Ukraina) oʻt ochishni toʻxtatishni va uzoq muddatli tinchlik uchun imkoniyatlarni xohlasangiz, hozirgi vaqtda bu rejalarda yoʻq. 2014 yilgi chegaralarga qaytish ham hozir rejalarda koʻzda tutilmagan", dedi Xegset.

AQShning yangi mudofaa vaziri Pit Xegset Bryusselda boʻlib oʻtgan Ramshtayn formatidagi yigʻilishda soʻzga chiqib, Ukrainaning 1991 yilgi chegaralarini qaytarish real maqsad emasligini ta'kidlagan. U Ukrainaning NATOga kirishi urushni tinch yoʻl bilan hal qilishga yordam bermasligini aytgan. Tramp esa urushni diplomatik yoʻl bilan yakunlamoqchi ekanini ta'kidlagan.

Xegset, shuningdek, AQSh har qanday holatda ham Ukrainaga oʻz qoʻshinlarini yubormasligini ma'lum qilgan.

Ayni paytda Estoniya xalqaro hamkorlar bilan birgalikda urushdan keyingi tinchlikparvarlik missiyasi doirasida oʻz harbiylarini Ukrainaga yuborishga tayyor ekanini bildirgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo