00:20 / 17.02.2025
3 979

Putin harakatlanadigan Aurus avtomobilining yangi versiyasi (foto)

Putin harakatlanadigan Aurus avtomobilining yangi versiyasi (foto)
Arxiv foto: Car.ru
Himoyalangan avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Nijniy Novgorodning “Rida” tyuning kompaniyasi Aurus Komendant avtomobilining uzun zirhli versiyasini taqdim etdi. Bu haqda “Gazeta.ru”ga tayanib Daryo xabar berdi.

Avtomobil Aurus kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Uzaytirilgan Aurus Komendant standarti bilan solishtirganda 500 millimetrga uzunroq. U portlashga chidamli zirhli kapsula (qalinligi 7 millimetr boʻlgan zirhli poʻlat), shuningdek, qalinligi 50 millimetr boʻlgan zirhli oynalar bilan jihozlangan.

Foto: Rida
Avtomobil AKM avtomati va SVD snayper miltigʻi oʻqlariga bardosh bera oladi. Himoya sinfi — B6/B7. Shuningdek, yoʻltanlamas maxsus gʻildiraklar bilan jihozlangan.

Foto: Rida

Foto: Rida

Foto: Rida

Foto: Rida

Foto: Rida

Foto: Rida
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning maxsus garajida 15 tagacha premium toifadagi oʻq oʻtkazmaydigan avtomobillar borligi ma'lum. Avvalroq Rossiya davlat rahbari kortejida oʻq oʻtkazmaydigan Mercedes-Benz S600 Pullman avtomobillari boʻlgan. Ammo etti yil oldin prezident garajida Aurus Senat paydo boʻldi. Aynan shu mashinada u 2018 yilda oʻz inauguratsiyasiga kelgan. Endilikda Putin faqat Rossiyada emas, balki har qanday mamlakatda faqat shu mashinada harakatlanadi.

Har bir holatda xavfsizlik xizmati prezident kortejiga qancha avtomobil kirishini hal qiladi. Vladimir Putin aynan qaysi mashinada harakatlanishi har doim jumboq boʻlib kelgan. Bu ma'lumotlar faqat yoʻlovchi, uning shaxsiy qoʻriqchilari va ba'zi mas'ul shaxslar uchun ochiq.

An'anaga koʻra, kortejda birinchi boʻlib “tozalovchi” avtomobillari, ulardan keyin bir xil boʻlgan bir juft avtomobil harakatlanadi. Odatda kortej tarkibida har doim eng soʻnggi texnika bilan jihozlangan tez yordam avtomobili ham boʻladi.

Raqamlar boʻyichachi?

Turli mamlakatlarda prezident avtomobillari bir xil boʻlsa-da, raqamlari farq qilishi mumkin. Masalan, Xitoyda Rossiyadan kelgan kortej avtomobillariga mahalliy diplomatik vakolatxona raqamlari beriladi. Xuddi shu narsa qat'iy yoʻl harakati qoidalariga ega boshqa davlatlarda ham sodir boʻladi.

E'tiborlisi, prezident kortejidagi har bir avtomobilga aniq bir avtomobil raqami biriktirilmagan. Bundan tashqari, har bir mashinaning “almashtiriladigan” raqami bor. Har bir safar arafasida Rossiya maxsus xizmatlari mezbon davlat bilan birgalikda prezident kortejidan har bir transportga qanday avtomobil raqami berishni hal qiladi.

“Aurus juda qimmat. Lekin u kam miqdorda ishlab chiqariladi. Hozir chet elda ishlab chiqarila boshlandi. Masalan, Amirliklarda yigʻish amalga oshiriladi. Amirlikdagi doʻstlarimizga bu mashina yoqadi”, degan edi Putin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo