22:34 / 17.02.2025
788

Peskov: Rossiya endi Gʻarbning yolgʻon va'dalari toʻriga tushmaydi

Peskov: Rossiya endi Gʻarbning yolgʻon va'dalari toʻriga tushmaydi
© Sputnik / Sergey Guneyev
Gʻarbning Minsk kelishuvlari bilan aldashlari Rossiya uchun saboq boʻldi, bu esa kelajakda oʻz manfaatlarini yaxshiroq himoya qilishga yordam beradi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Peskov “Rossiya 1” telekanalidagi “Moskva. Kreml. Putin” koʻrsatuvi jurnalisti Pavel Zarubinning Minsk kelishuvlari haqidagi savoliga javob berdi.

"Agar Germaniya kansleri iste'foga chiqqan va endi vaziyat uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi: "Biz hech narsa qilmoqchi emasdik, vaqt choʻzishimiz kerak edi”, deb aytsa. Bu firibgarlik emasmi? Rus tilida bu aldash. Ammo bu biz uchun yana bir saboq, kelajakda oʻz manfaatlarimizni eng yaxshi himoya qilishimizga yordam beradigan yana bir tajriba boʻlishi kerak”, — dedi Peskov.

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp oʻrtasidagi uchrashuv tayyorgarlik, kun tartibini belgilash va ishchi darajadagi dastlabki fikr almashish boʻyicha alohida sa'y-harakatlarni talab qiladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo