00:00 / 18.02.2025
1 374

Xitoy tinchlikparvar kuchlari Ukrainaga borishi mumkin

Xitoy tinchlikparvar kuchlari Ukrainaga borishi mumkin
Foto: Xinhua
Oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishilgandan keyin, agar zarurat boʻlsa, Xitoy Ukrainaga tinchlikparvar kontingentini yuborishi mumkin. Bu haqda Xitoyning Singhua universiteti qoshidagi Xalqaro xavfsizlik va strategiya markazining katta ilmiy xodimi, Xitoy armiyasining sobiq polkovnigi Chjou Bo Myunxen xavfsizlik konferentsiyasi doirasida Honkongning South China Morning Post (SCMP) gazetasiga bergan intervyusida aytdi.

Uning soʻzlariga koʻra, agar Ukrainadagi tinchlikparvar kuchlar nafaqat NATO mamlakatlari, balki Hindiston kabi boshqa davlatlar vakillari boʻlsa, u holda Xitoy ham harbiylarni yuborishi mumkin boʻladi.

Janglar tugaganidan keyin tinchlikni saqlash uchun xalqaro sa'y-harakatlarga hissa qoʻshish maqsadida Xitoy «etarlicha askarlar va harbiy kuchga ega», dedi janob Bo. «Agar tinchlikparvarlik amaliyotlari faqat Evropa davlatlari tomonidan bajarilsa, Rossiya buni NATO ishtirokining yana bir shakli sifatida koʻrishi mumkin», deb qoʻshimcha qildi u.

Avvalroq The Economist nashri, nomi oshkor etilmagan amerikalik mulozimlarga koʻra, Ukrainada oʻt ochishni toʻxtatish kelishuviga erishilsa, u erda tinchlikparvar sifatida nafaqat Evropa davlatlaridan, balki, masalan, Braziliya yoki Xitoydan ham harbiy xizmatchilar qatnashsa yaxshi boʻlardi, deb yozgan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo