
Rossiyaning Leningrad viloyati, Ust-Luga qishlogʻidagi ikki qavatli choyxonada portlash va yongʻin yuz berdi. Bu haqda «78.ru» xabar berdi.
Qayd qilinishicha, hodisa 16 fevral kuni yuz bergan. Ust-Luga qishlogʻidagi ikki qavatli choyxonada gaz balloni portlashi oqibatida yongʻin chiqqan. Ballon portlagandan soʻng yongʻin butun choyxona binosini qamrab olgan. Dastlab, toʻrt kishi tan jarohati olib, ogʻir ahvolda shifoxonaga etkazilgan. Keyinchalik ularning soni 6 nafarga etgan. Dastlabki ma'lumotlarga koʻra, ular Oʻzbekiston fuqarolaridir.

Prokuratura yongʻin surishtiruv ishlarini boshlab, qonunbuzarliklar aniqlansa, chora koʻrishga va'da bergan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar