09:00 / 20.02.2025
1 035

Ukraina Putinning Kursk boʻyicha bayonotini “yolgʻon” deb atadi

Ukraina Putinning Kursk boʻyicha bayonotini “yolgʻon” deb atadi
Arxiv foto: Sputnik
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19 fevral kuni rus armiyasi Kursk viloyati chegarasini kesib oʻtib, Ukraina hududiga kirgani haqida bayonot bergandi. Ukraina mazkur bayonotni inkor etdi. Bu haqda Deutsche Welle'ga tayanib Daryo xabar berdi.

"Putinning Rossiya qoʻshinlarining keng koʻlamli hujumi haqidagi ma'lumotlari yolgʻondir", deya ta'kidladi Ukraina hukumati huzuridagi Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi rahbari Andrey Kovalenko.

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiyaning qoʻporuvchi-razvedka guruhi Kursk viloyatidan Ukraina hududiga kirishga muvaffaqiyatsiz urinish qilgan va yoʻq qilingan. Bundan bir oz oldin Putin rus askarlarining Kursk viloyati orqali Ukraina hududiga kirganini e'lon qilgandi.

"Menga atigi bir soat oldin etkazilgan eng soʻnggi ma'lumotga koʻra, bugun tunda 810-brigada jangchilari Rossiya Federatsiyasi va Ukraina chegarasini kesib oʻtib, dushman hududiga chiqishdi. Butun jangovar toʻqnashuv chizigʻi boʻylab bizning qoʻshinlarimiz hujumga oʻtmoqda", degan edi Putin.

Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabi ham Putinning bayonotlarini rad etmoqda

Shtabning 19 fevral kungi dolzarb hisobotida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi paytida jangovar harakatlarning Kursk yoʻnalishi haqida ham soʻz boradi.

Kurskda ukrainalik himoyachilar bosqinchilarning uchta hujumini qaytarmoqda, hozirda jami 12 ta jangovar toʻqnashuv qayd etilgan. Ukraina qoʻshinlari butun jangovar toʻqnashuv chizigʻi boʻylab va front ortida dushmanni holdan toydirmoqda, deb yozdi Bosh shtab Putin bayonotidan keyin.

Hisobot e'lon qilingan vaqtda Ukraina Mudofaa vazirligi va Ukraina Qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni Aleksandr Sirskiy tomonidan rasmiy izoh berilmagan.

Kurskka hujum

2024 yil 6 avgustda Ukraina armiyasi Kursk viloyatida harbiy operatsiyani boshladi. 12 avgustga kelib, 28 ta aholi punkti Ukraina kuchlari nazoratiga oʻtgani haqida oʻsha paytda viloyat gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov xabar berdi. Yanvar oyida Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina tomoni mintaqaning 1268 kv. km hududini egallab olganini ma'lum qildi (Kursk viloyatining umumiy maydoni - 29,9 ming kv. km). Yanvar oyi oʻrtalariga kelib, Rossiya idorasi ma'lumotlariga koʻra, 801 kv. km (63,2%) qaytarib olishga erishilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo