
Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiganing aytishicha, hech kim Ukrainani taslim boʻlishga majburlay olmaydi. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vazirligi rahbari X ijtimoiy tarmogʻida yozdi.
Uning soʻzlariga koʻra, Ukraina zamonaviy Evropa tarixidagi eng dahshatli harbiy hujumni va uch yillik umumiy urushni boshdan kechirdi.
Vazirning ta'kidlashicha, Ukraina xalqi va prezident Volodimir Zelenskiy Putin (Rossiya prezidenti Vladimir Putin) bosimiga boʻysunishdan bosh tortdi.
«Hech kim Ukrainani taslim boʻlishga majburlay olmaydi. Biz mavjud boʻlish huquqimizni himoya qilamiz», dedi Andrey Sibiga.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar