06:25 / 21.02.2025
370

AQSh Rossiyani “tajovuzkor” deb ta'riflashga qarshi chiqdi

AQSh Rossiyani “tajovuzkor” deb ta'riflashga qarshi chiqdi
AQSh G7 – “Katta ettilik” davlatlari kommyunikesida Rossiyani "agressor" deb atashga qarshi chiqdi.

24 fevral kuni Rossiyaning Ukrainaga bosib kirib, urush harakatlari boshlanganidan soʻng 3 yil toʻladi. AQSh ushbu sanaga bagʻishlangan kommyunikesida Rossiyaga nisbatan "agressor" iborasini ishlatishga qarshi turdi, deb Britaniyaning Financial Times gazetasi oʻz manbalarga tayanib yozdi.

Shuningdek, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning dushanba kuni boʻlib oʻtadigan virtual G7 sammitida ishtirok etishi masalasi hozircha aniq kelishib olinmagan. Financial Times maqolasida bu Garbning "an'anaviy birdamligi ifodasi"ni buzishi ehtimoliga e'tibor qaratiladi.

Eslatib oʻtamiz, 20 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri, birinchi marta AQSh BMT Bosh Assambleyasi Rossiyaga qarshi Ukrainaga bagʻishlangan rezolyutsiya loyihasiga hammualliflik qilmadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo