16:28 / 22.02.2025
166

AQSh koinotning qanday paydo boʻlganini oʻrganish uchun teleskopni ishga tushiradi

AQSh koinotning qanday paydo boʻlganini oʻrganish uchun teleskopni ishga tushiradi

Foto: NASA
Amerika Qoʻshma Shtatlari mart oyi boshida koinotning paydo boʻlish jarayonini oʻrganishga moʻljallangan SPHEREx kosmik observatoriyasini orbitaga chiqarishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi NASAga tayangan holda Daryo nashri.

Kosmik kema Katta portlashdan keyin bir soniya ichida koinot trillion marta kattalashib, ulkan va kengayib borayotgan koinotga aylangandan soʻng inflyatsiya deb ataladigan holatni oʻrganishga qaratilgan ma'lumotlarni toʻplaydi.

SPHEREx optik va infraqizil nurda ma'lumotlarni toʻplash orqali koinot xaritasini tuzadi. Teleskop Erdan kuzatish qiyin boʻlgan infraqizil nurni aniqlay oladi. Spektrofotometr butun osmonni 102 ta infraqizil diapazonda xaritalash va milliardlab samoviy jismlar haqida ma'lumot toʻplash uchun ishlatiladi.

SPHEREx missiyasi 2,5 yil davom etadi va shu vaqt ichida qurilma koinotning birinchi infraqizil 3D xaritasini yaratadi.

Ogʻirligi yarim tonnaga yaqin boʻlgan sun'iy yoʻldoshning narxi 488 million dollarga baholanmoqda, SpaceX Falcon 9 raketasi SPHERExni uchirish uchun ishlatiladi. Qurilma AQSh kosmik kuchlarining Kaliforniyadagi Vandenberg havo bazasidan uchiriladi.

Falcon 9 raketasi quyosh toji va quyosh shamolini oʻrganish uchun PUNCH loyihasi doirasida yaratilgan toʻrtta Amerika sun'iy yoʻldoshini ham orbitaga chiqaradi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo