17:18 / 24.02.2025
55

Dubay valiahd shahzodasi dunyodagi eng baland binodan parashyutda sakradi (video)

Dubay valiahd shahzodasi dunyodagi eng baland binodan parashyutda sakradi (video)
Foto: Videodan kadr
Dubay valiahd shahzodasi Shayx Hamdan bin Muhammad bin Roshid Ol Maktum dunyodagi eng baland osmonoʻpar bino — Burj Xalifadan parashyutda sakradi. U osmonoʻpar binoning 139-qavatidan sakrayotgani aks etgan videoni oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joyladi.

Valiahd shahzoda buni dunyoning 15 mamlakatidan kelgan 31 nafar ekstremist bilan birga amalga oshirgan. Gulf News ma'lumotlariga koʻra, sportchilar ikki kun davomida maxsus jihozlangan 12 metrlik platformadan barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda jami 437 marta sakragan.

Shahzodaning Instagram’ga joylagan videosi allaqachon 10 millionga yaqin koʻrildi. Videoda minoraga oʻrnatilgan platformani koʻrish mumkin — unda “139-chiqish” deb yozilgan. Sakrash uchun maxsus platforma binoning 139-qavatidan olti metr yuqoriroqqa oʻrnatilgan.

Ta'kidlanishicha, Burj Xalifadan parashyutda sakrash boʻyicha bunday festival ilk bor 2014 yilda oʻtkazilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo