11:01 / 26.02.2025
162

Bitkoin narxi keskin tushdi. Kripto bozorida nimalar boʻlmoqda?

Bitkoin narxi keskin tushdi. Kripto bozorida nimalar boʻlmoqda?
Foto: “RIA Novosti”
Coindesk ma'lumotlariga koʻra, 25 fevral kuni bitkoin narxi 5,5 foizga pasayib, 88 ming 800 dollarga etdi. Bu noyabr oyi oʻrtalaridan beri kuzatilgan eng past koʻrsatkichdir. Soʻnggi bir oy ichida dunyodagi eng mashhur kriptovalyuta 11,4 foizga arzonlashdi. Quyidagi buning sabablarini koʻrib chiqamiz, deb yozmoqda Daryo nashri.

Ekspertlar kursning pasayishini bir qator omillar bilan bogʻlamoqda:

AQSh makroiqtisodiy siyosati

AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan 2025 yil fevral oyida import tariflarining joriy etilishi inflyatsiya bosimining kuchayishi va Federal zaxira tizimi tomonidan foiz stavkalarining oshishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni keltirib chiqardi. Bu esa investorlarning riskli aktivlarga, jumladan, kriptovalyutaga boʻlgan qiziqishini pasaytirdi.

Bybit kripto birjasiga buzib kirish:

Yaqinda Bybit birjasiga qilingan xakerlik hujumi oqibatida taxminan 1,5 milliard dollar miqdoridagi kriptovalyuta oʻgʻirlangani investorlarning raqamli aktivlar xavfsizligiga boʻlgan ishonchini susaytirdi.

Libra memkoini mojarosi:

Kapitalizatsiyaning 4,5 milliard dollargacha keskin oʻsishidan soʻng Libra memkoini qiymati 95 foizga tushib ketdi, bu esa investorlarning yangi kriptoaktivlarning barqarorligi va ishonchliligi borasidagi xavotirlarini kuchaytirdi.
Ayni paytda bitkoin 86-89 ming dollar oraligʻida oʻzgarishda davom etmoqda.

Oxirgi oylardagi bitkoin kursi dinamikasi

2024 yil noyabr. Bitkoin 97 ming dollardan oshib, rekord darajaga etdi. Bu oʻsish Tramp ma'muriyatining kriptovalyuta siyosati va Federal zaxira tizimining foiz stavkalarini pasaytirishi bilan bogʻliq boʻlib, investorlarning riskli aktivlarga boʻlgan qiziqishini oshirdi.

2024 yil dekabr. Noyabr oyida eng yuqori choʻqqiga erishgandan soʻng, bitkoin narxi tushishni boshladi va dekabr oyi oxiriga kelib 91 ming dollardan pastga tushdi. Bu pasayish investorlarning foyda olishi va bayramlar davrida savdo faolligining mavsumiy pasayishi bilan bogʻliq boʻldi.

2025 yil yanvar. Yil boshida bitkoin yana oʻsib, 100 ming dollar chegarasidan oshdi. Bunga yirik korporatsiyalarning bitkoin xaridlari, jumladan, MicroStrategy kompaniyasining qoʻshimcha 1 ming 20 BTC sotib olgani haqidagi ma'lumotlar sabab boʻldi.

2025 yil fevral. Bir oy davomida bitkoin makroiqtisodiy noaniqlik va investorlarning kriptovalyuta bozoriga boʻlgan ishonchini susaytiruvchi voqealar ta'sirida 90 ming dollardan pastga tushib, beqarorlik koʻrsatdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo