
Foto: “RIA Novosti”
Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning to‘ng‘ich qizi Ayişat Qodirova o‘zining Instagram sahifasida Checheniston Respublikasi hukumati raisi o‘rinbosari lavozimidan ketganini ma’lum qildi.
U ushbu lavozim “kuchli erkaklar uchun ko‘proq mos” ekanini ta’kidladi.
— Uzoq o‘ylab ko‘rib, Checheniston hukumati raisi o‘rinbosari lavozimidan ketishga qaror qildim. Bu men uchun muhim tajriba bo‘ldi. Ijtimoiy soha yo‘nalishi respublikamiz rivojida katta ahamiyat kasb etadi, — dedi Ayişat Qodirova.
Shuningdek, u “biznes loyihalarni amalga oshirib, Checheniston farovonligi yo‘lida ishlashni” rejalashtirayotganini qo‘shimcha qildi.
— Ishonchim komilki, bu yo‘nalishda siyosatdan ko‘ra ko‘proq foyda keltira olaman, — dedi u.
Qodirova, shuningdek, moda sohasidagi ishiga qaytishini ham ta’kidladi.
Ayişat Qodirova 2023-yil oktyabr oyida Checheniston bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan edi. Bungacha u Checheniston madaniyat vaziri lavozimida ishlagan. Uning iste’fosi yuzasidan otasi Ramzan Qodirov hozircha hech qanday izoh bermagan.
2022-yil iyun oyida Ayişat Qodirova Chechenistonning birinchi prezidenti ordeni bilan taqdirlangan. 2023-yil sentabr oyida esa “Vatan madaniyati va san’atini rivojlantirish” va “ko‘p yillik samarali ijodiy faoliyati” uchun ikkinchi darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar