09:32 / 03.03.2025
766

AQSHda Zelenskiyning iste’foga chiqishi zarurligi haqida bayonotlar yangramoqda

AQSHda Zelenskiyning iste’foga chiqishi zarurligi haqida bayonotlar yangramoqda
Foto: Reuters
Vashingtondagi bir qancha yuqori martabali amaldorlar Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tinchlik kelishuviga erishish uchun iste’foga chiqishiga to‘g‘ri kelishi mumkinligini taxmin qilishdi. 2 mart, yakshanba kuni AFP xabariga ko‘ra, bu bayonotlar AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyatida Rossiyaning Ukrainadagi urushiga nisbatan yondashuvda hayratlanarli o‘zgarishlar yuz berganidan dalolat beradi.

Shunday qilib, AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uolts CNN telekanaliga bergan intervyusida vaziyatni izohladi. «Biz bilan ishlay oladigan, oxir-oqibat ruslar bilan ish olib boradigan va bu urushni tugatadigan rahbar kerak», dedi Uolts.

«Agar prezident Zelenskiyning shaxsiy yoki siyosiy maqsadlari bu mamlakatdagi janglarni tugatish istagiga zid ekani aniq bo‘lsa, menimcha, bizda haqiqiy muammo paydo bo‘ladi», — dedi u.

Vakillar palatasi spikeri: Zelenskiy o‘ziga kelishi kerak

Shu bilan birga, AQSH Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson 2 mart kuni Ukraina tinchlik kelishuvi yo‘lida davom etishi uchun Zelenskiy «o‘ziga kelib, minnatdorchilik bilan muzokaralar stoliga qaytishi yoki mamlakatni boshqa kimdir boshqarishi kerak»ligiga ishonch bildirdi. «Prezident (Donald) Tramp bu ikki tomonni tinchlikka olib kelishga harakat qilmoqda», dedi Jonson NBC News telekanalining Meet the Press dasturiga bergan intervyusida.

«Prezident Zelenskiyning Oq uyda qilgani amalda biz uchun u hali bunga (kelishuv) tayyor emasligi haqida signal bo‘ldi va menimcha, bu katta umidsizlik», — deya qo‘shimcha qildi Mayk Jonson.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo