00:02 / 11.03.2025
102

Tramp vakili uni tanqid qilgan yahudiy siyosatchilarga qanday javob qaytardi?

Tramp vakili uni tanqid qilgan yahudiy siyosatchilarga qanday javob qaytardi?
Donald Trampning garovga olinganlar bo‘yicha vakili Adam Boyler HAMAS bilan bevosita muzokara olib borgani uchun uni tanqid qilgan isroillik amaldorlarga javob qaytardi. U Qo‘shma Shtatlar o‘z manfaatlariga ega ekanini aytib, AQSH Isroilning “agenti emas”ligini ta’kidladi.

Boylerning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar asosan G‘azo sektorida ushlab turilgan amerikaliklarni ozod qilishga qaratilgan. U HAMAS tomonidan besh yildan o‘n yilgacha muddatga sulh taklif qilingani va guruh barcha mahbuslarni almashish evaziga qurolsizlanishga tayyorligini ma’lum qildi.

Biroq bu Vashington va Tel-Aviv rasmiylari o‘rtasida kelishmovchilikka sabab bo‘ldi. Jumladan, Netanyaxu idorasi qisqa bayonot chiqarib, bo‘lib o‘tgan muzokaralardan noroziligini ochiq, biroq yumshoq ohangda bildirdi.

“Isroil AQSHga HAMAS bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar borasidagi o‘z pozitsiyasini yetkazdi”, deyiladi bayonotda.

Masalaga Isroil moliya vaziri ham aralashdi. KAN radioga bergan intervyusida u Adam Boylerning HAMAS yetakchilari bilan olib borgan bevosita muzokaralarini “mutlaq xato” deb atadi.

Betsalel Smotrichning so‘zlariga ko‘ra, Boyler AQSH pasportiga ega Isroil askari Edan Aleksandrni G‘azodan ozod qilish uchun “o‘z tashabbusi bilan” harakat qilgan. U shuningdek, Tramp vakilini “soddalikka berilgan” deb tanqid qildi va HAMASning 5-10 yillik sulh taklifini “mutlaqo bema’ni reja” deb atadi.

Biroq Isroil moliya vaziri G‘azoda jangovar harakatlarni qayta boshlash garovdagi isroilliklarning hayotiga tahdid solishi mumkinligini tan oldi. Dushanba kuni Knessetdagi matbuot anjumanida u hukumat hozircha muzokaralar orqali iloji boricha ko‘proq garovdagilarni ozod qilishga harakat qilayotganini aytdi.

Smotrich avvalroq HAMASni harbiy yo‘l bilan mag‘lub etish va garovdagilarni ozod qilish bir-biriga zid emasligini ta’kidlagandi.

Isroil strategik masalalar vaziri Ron Dermer ham bir chetda qolmadi. U muzokaralardan xabardor qilinmagani uchun Boylerga norozilik bildirgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo