
Rossiya Davlat Dumasining mudofaa qo‘mitasi raisi Andrey Kartapolov Ukraina tomonidan so‘nggi kunlarda Moskva va boshqa hududlarga amalga oshirilgan ommaviy dron hujumlariga javoban "Oreshnik" deb nomlangan yangi kuchli raketa bilan zarba berish taklifini ilgari surdi.
Kartapolovning aytishicha, bu qaror amalga oshadimi yoki yo‘q, Vladimir Putin tomonidan qabul qilinadi, chunki u Rossiyaning oliy bosh qo‘mondon hisoblanadi.
"Oreshnik" raketasini ishlatish to‘g‘ri qaror bo‘lardi, hatto bitta emas, bir nechta miqdorda," — deydi Kartapolov.
Ukraina dron hujumlari va Rossiyaning javobi
So‘nggi kunlarda Rossiya mudofaa vazirligi Moskva, Moskva viloyati va boshqa hududlarga Ukraina dronlari tomonidan ommaviy hujumlar uyushtirilgani va buning oqibatida qurbonlar hamda vayronagarchiliklar yuz berganini ma’lum qildi.
Shu sababli, Kartapolovning taklifi harbiy ekspertlar tomonidan bahsli qabul qilindi.
Ba’zi tahlilchilar fikricha, ballistik raketani ishlatish ehtimoli kam, biroq bu harakat AQSH tomonidan Rossiyaning tinchlik kelishuviga tayyor emasligi sifatida baholanishi mumkin.
"Oreshnik" raketasi haqida nima ma’lum?
Bu raketadan ilk bor 2024 yil 21 noyabr kuni Dnepr shahriga qarshi foydalanilgan. U gipertovushli qurol bo‘lib, 10 Max tezlikkacha yetib borishi mumkin. "Oreshnik" o‘rta masofali qurol bo‘lib, uning qo‘llanilishi AQSH va G‘arb tomonidan keskin munosabatga sabab bo‘lishi mumkin.
Kreml va Putinning reaksiyasi
Kreml vakili Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvaga qilingan dron hujumlari haqida to‘liq ma’lumot olganini tasdiqladi.
"Kiyev aholi yashaydigan uylarga zarba bermoqda, Rossiya esa harbiy obyektlarga hujum qilmoqda," — deydi Peskov.
Hozircha Kreml tomonidan "Oreshnik" raketasi haqida rasmiy qaror qabul qilinmagan. Bunday yirik hujum ortidan Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi keskinlik yanada ortishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar