
Qozog‘istonlik «Olma-ota go‘zali-2013» g‘olibasi Aygerim Kojaxon nur.kz nashriga AQSh prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqan Dnald Tramp bilan qanday tanishganini gapirib berdi.
Aygerimning so‘zlariga ko‘ra u Trampni bundan bir necha yil oldin «Dunyo go‘zali» tanlovida uchratgan va ular qisqa suhbat qurganlar. «Men uni Moskvada o‘tkazilgan «Dunyo go‘zali 2013″ tanlovida uchratdim. U o‘shanda tanlov prezidenti edi. Tramp bizning tanlov haqidagi fikrlarimizni va tanqidlarimizni tinglagan va ularga befarq bo‘lmagan. U o‘shanda g‘alabaga erishishni istagan odam doim boshlagan ishini yakuniga etkazishi kerakligini aytib o‘tgandi.»- deydi Aygerim Kojaxon. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar