10:57 / 20.03.2025
3 273

Krishtianu Ronaldu ajoyib formani saqlashda yordam beradigan taom nomini aytdi

Krishtianu Ronaldu ajoyib formani saqlashda yordam beradigan taom nomini aytdi
Portugaliyalik mashhur futbolchi Krishtianu Ronaldu o‘zining 40 yoshida ham ajoyib jismoniy formasini saqlab turish sirini ochdi. Daily Mail nashrining xabar berishicha, sportchi bunda unga yordam berayotgan asosiy taomni nomlagan.

Ronalduning aytishicha, uning jismoniy holatini saqlashda Portugaliyaning an’anaviy taomlaridan biri – bakalhau a bras katta ahamiyatga ega. U bu ovqat haqida: «Bu ovqat menga bolaligimni eslatadi va kuch bag‘ishlaydi», – deb ta’kidladi.

Bakalhau a bras taomi
Foto: South China Morning

Bakalhau a bras Portugaliyada tuzlangan bakalyau balig‘i, kartoshka, tuxum, zaytun va ko‘katlar bilan tayyorlanadigan an’anaviy taom hisoblanadi.

Ronaldu qat’iy ovqatlanish rejimiga amal qilishi bilan tanilgan. U shakarli mahsulotlardan umuman voz kechgan va asosan foydali, ozuqaviy moddalarga boy mahsulotlarni iste’mol qiladi.

Joriy mavsumda 40 yoshli futbolchi o‘z klubi tarkibida 28 ta gol urib, 4 ta golli uzatma amalga oshirgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil yozigacha davom etadi. Mashhur Transfermarkt portali uning transfer narxini 12 million yevro deb baholamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo