
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi atom elektr stansiyalarini nazorat qilishni o‘z mamlakatiga o‘tkazish taklifini bildirdi. Bu haqda AQSH davlat kotibi Marko Rubio va milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Maykl Uols ma’lum qildi.
19 mart kuni Donald Tramp va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘rtasida o‘tkazilgan telefon muloqotidan so‘ng, Oq uy ma’muriyati vakillari ushbu taklifni e’lon qildi. Rubio va Uolsning ta’kidlashicha, Tramp Ukraina energetika infratuzilmasini ishonchli himoya qilishning eng samarali yo‘li atom elektr stansiyalarini AQSH boshqaruviga o‘tkazish ekanini aytgan.
Tramp AQSH elektr energiyasi va kommunal xizmatlari sohasidagi keng tajribasidan foydalanib, atom elektr stansiyalarini ishga tushirish va ularning xavfsizligini ta’minlashda katta yordam ko‘rsatishi mumkinligini qayd etgan.
Shuningdek, prezident Tramp Ukrainaga Patriot havo mudofaa tizimlarini yetkazib berish masalasida ham Zelenskiy bilan hamkorlik qilishga va’da bergan. Zelenskiy bu suhbatni «ijobiy, mazmunli va samimiy» deb baholab, AQSH prezidentiga ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorchilik bildirgan.
Ikki davlat rahbarlari, shuningdek, Kursk viloyatidagi vaziyatni muhokama qilib, harbiy vaziyat o‘zgargan sharoitda mudofaa idoralari o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvini yanada kuchaytirishga kelishib olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar