19:20 / 30.03.2025
13 472

Krishtianu Ronaldu barchani Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Krishtianu Ronaldu barchani Ramazon hayiti bilan tabrikladi
"An-Nasr" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi hisoblangan Krishtiano Ronaldu ijtimoiy tarmoqlar orqali barchani Ramazon hayiti bilan tabrikladi.

"Avvalambor, Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan tarbiklayman. Ushbu bayram barchangizga fayzli bo‘lsin. Shu bilan birga, ushbu maxsus kun siz va yaqinlaringizga quvonch, tinchlik va baxt olib kelsin" - deya o‘z tilaklarini yozib qoldirdi.

Xabaringiz bor, 40 yoshli yulduz hozirda Saudiyaning An-Nasr klubida harakat qilmoqda. Ronaldu joriy mavsum 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 28 ta gol va 4 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo