14:58 / 19.11.2016
14 137

O‘zini muzlatgan britaniyalik o‘smir qiz 2216 yilda uyg‘otishlarini vasiyat qildi

O‘zini muzlatgan britaniyalik o‘smir qiz 2216 yilda uyg‘otishlarini vasiyat qildi

Avvalroq, britaniyalik 14 yoshli qizaloq saraton kasalligiga chalinganidan so‘ng o‘zini muzlatishga qaror qilgani, bu uchun otasi bilan sudlashgani va sudda yutib chiqqani haqida xabar bergan edik. Xorijiy OAVlarda vaziyat to‘liq aks etgan xabarlar chop etildi.

London Oliy sudiga britaniyalik 14 yoshli qizning o‘limi va vasiyatnomasi bilan bog‘liq hujjatlar kelib tushdi. Hujjatlarga ko‘ra, JS ismini olgan 14 yoshli qiz 2015 yilda saraton kasalligining kamyob turiga chalingan. JS kasallikning so‘nggi 3 oyini internet orqali o‘limidan so‘ng tanani muzlatish haqida ma’lumot to‘plash bilan o‘tkazdi. Natijada JS bir qarorga kelib, quyidagicha vasiyatnoma qoldirdi:

“Men er ostida qolishni istamayman. Men yashashni, uzoq yashashni istayman. O‘ylaymanki, kelajakda saratonga qarshi dori yaratiladi va meni uyg‘otishadi. Men shunday imkoniyatim bo‘lishini istayman. Bu mening tilagim”.

London Oliy sudi ota-onalar o‘rtasidagi ajrim holatlariga ko‘nikib qolgan, lekin bu safar vaziyat o‘zgacha. Shu vaqtgacha ota-onalar o‘rtasida o‘z qizlarining o‘limidan so‘ng uning jasadi kimga tegishi borasida sudlashmagandi. 2008 yilda qizning ota-onasi ajrashgan va shu vaqtdan buyon otasi qizini biror marta ham ko‘rishga kelmagan. Otasi rasmiy ravishda qizining jasadini muzlatishga ruxsat berishi kerak edi, biroq u ham o‘sma tufayli hayoti xavf ostida qolgan va jasadni muzlatishni pulni bekorga sarflash, deb hisoblashini aytgan.

Qizi esa otasini sudga bergan. Sudya qizning o‘limidan 3 hafta avval shifoxonaga borgan va qizning tanasini muzlatish haqida qaror chiqargan. Qiz 2216 yilda qayta “tirilish” umidi bilan 17 oktyabr kuni “hayotdan ko‘z yumdi”. Qizning “o‘limi”dan so‘ng, darhol tanasi 70 darajada sovutilib, 40 kg muz solingan qutiga joylandi va Michiganga yuborildi. Michiganda muzlatilgan jasadlar saqlanuvchi klinikalardan biri joylashgan. Bunday klinikalar yana Rossiya va Arizonada ham bor.

1970 yildan hisoblaganda, umumiy hisobda 200 ga yaqin jasadlar muzlatilgan. Lekin JS birinchi yosh o‘smir bo‘ldi. Hozircha birorta bemor muzlatish holatidan chiqib, qayta hayotga qaytish jarayonidan o‘tmagan. Fan hozircha jasadni faqat muzlatish texnikasini o‘zlashtirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zini muzlatgan britaniyalik o‘smir qiz 2216 yilda uyg‘otishlarini vasiyat qildi