Trampning tarif qarori milliarderlar foydasiga ishladi

Trampning tarif qarori milliarderlar foydasiga ishladi
Qisqacha

Bloomberg Billionaires Index reytingidagi eng boy insonlar bir kun ichida jami 304 milliard dollarga boyidi. Bu o'sish Donald Tramp AQShning aksariyat savdo hamkorlariga nisbatan boj stavkalarini uch oyga to'xtatgani haqidagi xabarlar fonida yuz berdi. Elon Maskning boyligi 36 milliard dollarga, Mark Zukerbergning daromadi 26 milliard dollarga oshdi, Jenseng Huang esa 15,5 milliard dollar foyda ko'rdi. Shu bilan birga, Xitoy mahsulotlariga qo'yiladigan bojlar oshirildi.

Bloomberg Billionaires Index reytingidagi eng boy insonlar bir kun ichida umumiy hisobda 304 milliard dollarga boyidi. Bu o‘sish AQSh prezidenti Donald Trampning bojlarni vaqtincha to‘xtatishi haqidagi xabarlar fonida sodir bo‘ldi, deb xabar beradi Kursiv Media.

Elon Maskning boyligi 36 milliard dollarga oshgan bo‘lsa, Meta asoschisi Mark Zukerberg esa 26 milliard dollar daromad oldi. Kuchli uchlikni Nvidia rahbari Jenseng Huang yakunlab, bir kunda 15,5 milliard dollar foyda ko‘rdi.

Tramp AQShning aksariyat savdo hamkorlariga nisbatan boj stavkalarini uch oyga to‘xtatdi. Biroq, Xitoy mahsulotlariga qo‘yiladigan bojlar oshirildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar