date
views 2 217

Istanbulda o‘zbek ayol eri bilan janjallashib, uni pichoqlab o‘ldirdi

Istanbulda o‘zbek ayol eri bilan janjallashib, uni pichoqlab o‘ldirdi
Turkiyaning Istanbul shahrida 28 yoshli o‘zbekistonlik ayol turmush o‘rtog‘ini pichoqlab o‘ldirdi, deb Hurriyet xabar berdi.

Voqea 6 aprel kuni Kartal tumanida sodir bo‘lgan. O‘zbekiston fuqarosi S.T. moddiy sabablarga ko‘ra 42 yoshli eri Emre Erim bilan janjallashib qolgan. Janjal mushtlashuvga aylangan.

Shundan keyin ayol oshxona pichog‘i bilan eriga zarba bergan. So‘ng u taksi xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib:
— “Erim kasal, shifoxonaga olib borish kerak”, — deb chaqiruv bergan.

Taksi haydovchisi voqea joyiga kelganda, erining qon ichida yotganini ko‘rib, darhol 112 raqamiga murojaat qilgan. Tibbiyot ва politsiya xodimlari kelib, ayolni qo‘lga olgan.

Jasad sud-tibbiyot ekspertizasiga yuborilgan. Keyinchalik oila a’zolari tomonidan qabristonga olib ketilgan.

Ma’lum qilinishicha, er-xotin 4 yildan buyon turmush qurgan, ularning 1 nafar farzandi bor.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo