date
views 141

Putin: Pasxa bayrami bizga sevgi va umid, yaxshilik va adolatga ishonch bag‘ishlaydi

Putin: Pasxa bayrami bizga sevgi va umid, yaxshilik va adolatga ishonch bag‘ishlaydi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin pravoslav nasroniylarning eng muhim bayramlaridan biri bo‘lgan Pasxa munosabati bilan mamlakat aholisiga o‘z tabrigini yo‘lladi.

Kreml rasmiy saytida e’lon qilingan tabrikda, Putin Pasxa bayramining insonlarga sevgi va umid, ezgulik va adolatga bo‘lgan ishonch tuyg‘ularini baxsh etishini alohida ta’kidladi.

«Ulug‘ Pasxa bayrami bizga sevgi va umid, yaxshilik va adolatga ishonch bag‘ishlaydi. Shu bilan birga, u bizni mustahkam ma’naviy va axloqiy qadriyatlar atrofida birlashtiradi», — dedi davlat rahbari o‘z murojaatida.

Prezident shuningdek, rus pravoslav cherkovi va boshqa nasroniy konfessiyalarining jamiyatdagi o‘rnini yuqori baholab, ularning ijtimoiy totuvlik va o‘zaro birdamlikni ta’minlashdagi ahamiyatini alohida qayd etdi.

«Har doimgidek, rus pravoslav cherkovi va boshqa nasroniy konfessiyalar odamlar o‘rtasida ijtimoiy totuvlikni, o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashda, yosh avlodni tarbiyalashda va oilaviy qadriyatlarni saqlashda katta ilhomlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat qilmoqda», — dedi Vladimir Putin.

Rossiya prezidenti so‘nggi paytlarda diniy tashkilotlarning vatanparvarlik, xayriya va ma’rifiy yo‘nalishlarda amalga oshirayotgan tashabbuslariga ham yuqori baho berdi.

Uning fikricha, bu kabi ezgu sa’y-harakatlar jamiyat tomonidan albatta samimiy e’tirof va hurmatga sazovordir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin: Pasxa bayrami bizga sevgi va umid, yaxshilik va adolatga ishonch bag‘ishlaydi