
Hayotimizda ba’zida eng kutilmagan voqealar sodir bo‘ladi va bu barcha uchun katta saboq bo‘lishi mumkin. Yaqinda shunday holat Tailandning 28 yoshli fuqarosi Noppadjit Min Sombunsata bilan ham sodir bo‘ldi. Bir necha hafta oldin u oddiy bir ishchi edi, lekin birgina tasodifiy videodan keyin u nafaqat ijtimoiy tarmoqlarning yulduziga, balki mashhur kosmetik brendning ham rasmiy yuziga aylandi.
Bu qiziq voqeaning boshlanishi rossiyalik ko‘cha fotografi Semyon Rezchikovning Tailand ko‘chalarida video tasvirga olish jarayonidan boshlandi. U shahar ko‘chalaridan birini supurib yurgan Minni ko‘rib qoldi va uning tabiiy go‘zalligi va o‘zgacha xarizmasi tufayli qisqa videoni TikTok'ga joylashga qaror qildi.
Bu kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda shu darajada mashhur bo‘lib ketdiki, millionlab odamlar qiz haqida qiziqib qoldi. Minning o‘zi ham bunday holat sodir bo‘lishini tasavvur ham qilmagan edi. Uning go‘zal tabiiy qiyofasi va samimiy tabassumi ko‘plab modellik agentliklari e’tiboriga tushdi va tez orada Minga yangi takliflar yog‘ilib kela boshladi.
Ko‘cha supuruvchi ishidan birdaniga modellikka sakrash u uchun o‘ziga xos katta voqeaga aylandi. Minning yangi karyerasidagi ilk qadami esa Tailandda mashhur bo‘lgan «Iblisning san’ati» («Art of the Devil») filmiga bag‘ishlangan fotosessiyada ishtirok etishdan boshlandi. Vizajistlar uning yuzini qo‘rqinchli, ammo shu bilan birga juda jozibali shaklga kiritib, uni yana bir bor ijtimoiy tarmoqlarning asosiy mavzusiga aylantirdi.

Foto: Dzen
Hozirgi paytda Min bir nechta yirik brendlar bilan hamkorlik qila boshladi va Tailandning Nong Chat's Browit nomli kosmetika brendining yangi yuziga aylandi. Uning kutilmagan va ajoyib hikoyasi dunyoning turli burchaklarida minglab odamlarni ruhlantirmoqda va hayotdagi o‘zgarishlar eng kutilmagan holatda ham sodir bo‘lishi mumkinligini isbotlab turibdi.
«Hech qachon hayotim bunday keskin o‘zgarib ketadi, deb o‘ylamagandim. Men faqat o‘zimning kundalik ishimni bajarayotgandim, lekin endi menda hayotimda butunlay yangi yo‘lni sinab ko‘rish imkoniyati bor», — deydi Min o‘z intervyularidan birida.
Bu voqea ijtimoiy tarmoqlarning va iste’dodli ko‘cha fotograflarining qanday qilib dunyoga yangi yulduzlarni taqdim etishini yana bir bor ko‘rsatib berdi. Chindan ham, kim biladi — ehtimol hozir ko‘chani supurib yoki bir kichik kafeda xizmat qilib yurgan inson bir kun kelib butun dunyoga tanilgan yulduzga aylanishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar