
Rossiyaning Moskva viloyatida 25 aprel kuni sodir bo‘lgan avtomobil portlashi oqibatida yuqori martabali harbiy, general Yaroslav Moskalik halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy aholiga asoslanib, Mash va boshqa OAVlar xabar berdi.
Hodisa Balashixa shahrida sodir bo‘lgan bo‘lib, hozirda Rossiya huquq-tartibot organlari portlash sabablarini sinchkovlik bilan o‘rganmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, generalning avtomobiliga portlovchi qurilma o‘rnatilgan va u transport vositasidagi gaz ballonlari yaqiniga joylashtirilgan. Moskalik mashina yonidan o‘tayotgan paytda portlash masofadan turib amalga oshirilgani ma’lum qilindi.
Rossiya ommaviy axborot vositalari tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, halok bo‘lgan general Yaroslav Moskalik Rossiya qurolli kuchlari Bosh shtabi bosh operativ boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Rossiya Tergov qo‘mitasi voqea yuzasidan jinoiy ish ochgan, biroq qaysi modda bo‘yicha tergov olib borilayotgani hozircha ma’lum qilinmagan.

Yaroslav Moskalik 2015 yilda Ukraina bilan bo‘lgan “normand formati” muzokaralarida qatnashgan va Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyalari bo‘yicha ham spiker sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2021 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan unga general-leytenant harbiy unvoni berilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar