date
views 277

Putin va AQSH maxsus vakili uchrashuvi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Putin va AQSH maxsus vakili uchrashuvi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi
© RIA Novosti / Kristina Kormilitsina
Kecha, 25 aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff o‘rtasida Kremlda muhim muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvning ayrim jihatlari va tafsilotlari Kreml tomonidan e’lon qilindi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Uchrashuvda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov va Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev ham ishtirok etgan.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, ushbu muzokaralarda Rossiya va AQSH o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni qayta tiklash masalasi muhokama qilinmagan.

«Yo‘q, bu mavzuda gaplashilmadi», – dedi Peskov RIA Novosti nashrining tegishli savoliga javoban.

Yuriy Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Putin va Uitkoff o‘rtasidagi muzokara uch soat davom etgan va «ancha konstruktiv, samarali va foydali ruhda» o‘tgan. Tomonlar asosan Rossiya-Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash masalasini muhokama qilishgan.

Shuningdek, uchrashuvda boshqa xalqaro dolzarb masalalar bo‘yicha ham Moskva va Vashington o‘rtasidagi muloqotlarning yanada yaqinlashishiga urg‘u berilgan. Prezident yordamchisi Ushakovning ta’kidlashicha, Rossiya va AQSH muloqotni davom ettirishga qaror qilgan.

Tomonlar o‘rtasidagi ushbu muzokaralar Rossiya-AQSH munosabatlarining birmuncha yumshashi va dunyodagi boshqa murakkab vaziyatlar bo‘yicha ham hamkorlik yo‘llarini topishga umid uyg‘otmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin va AQSH maxsus vakili uchrashuvi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi