
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov CBS telekanaliga bergan intervyusida AQSH tomonidan Rossiyaga qarshi joriy qilingan sanksiyalarni bekor qilish borasida biror aniq taklif kelib tushmaganini ma’lum qildi.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, OAVda tarqalgan bu kabi ma’lumotlarga jiddiy qarab bo‘lmaydi. Chunki ularning hech qanday aniq va rasmiy asosi mavjud emas.
«AQSH bizga biznes yuritish bo‘yicha hamkorlik qilishga qiziqish bildirganini ochiq-ravshan ma’lum qilgan. Biz esa o‘zaro hurmat, tenglik va manfaatlar muvozanati tamoyillari asosida shakllangan har qanday biznes taklifini ko‘rib chiqishga doimo tayyormiz», — dedi Lavrov.
Shu bilan birga, vazir Amerika kompaniyalarining Rossiya bozoriga qaytish imkoniyati ularning o‘z xohishi va qaroriga bog‘liqligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bloomberg agentligi AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Ukraina bo‘yicha muzokaralarda Rossiyaga qarshi kiritilgan cheklovlarni yumshatishni ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi. Biroq asosiy sanksiyalarni bekor qilish masalasi AQSH Kongressi va Yevropadagi ittifoqchi davlatlar roziligisiz amalga oshirilishi mumkin emasligi ta’kidlangan.
Rossiya rasmiylari esa mamlakat sanksiyalarni bekor qilishni so‘rab murojaat qilmaganini va G‘arb tomonining qarorlariga bog‘liq emasligini bir necha bor ma’lum qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar